Ðåçóëüòàòîâ: 1699

O‘zbekiston reytingi yaxshilangani tufayli kreditlarni pastroq stavkalarda jalb qila boshladi — IMV

Xalqaro agentliklarning O‘zbekiston suveren reytingini yaxshilashi tashqi qarz olish xarajatlari pasayishiga olib keldi, deb xabar berdi Iqtisodiyot vazirligi. Kreditlar stavkasi 1−1,5 foiz punktiga qisqardi, bu tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini yiliga 250−300 mln dollarga kamaytiradi. gazeta.uz »

2026-2-10 21:12

O‘zbekiston TIV rahbari AQSh davlat kotibiga Uzbekistan Quarter in Gaza albomini ko‘rsatdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular “global darajadagi eng dolzarb muammolar”ni muhokama qildi. Uchrashuv davomida e’lon qilingan suratga ko‘ra, vazir davlat kotibiga Uzbekistan Quarter in Gaza albomini taqdim etgan. gazeta.uz »

2026-2-6 12:47

O‘zbekiston va Pokiston harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni - QK quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Asim Munir bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma mashg‘ulotlar va mudofaa sanoati korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-2-5 17:21

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yangi transport yo‘lagi yaratiladi, Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi

Pokiston - Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston transport yo‘lagi yaratilib, Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston temir yo‘li loyihasi bo‘yicha dala tadqiqot ishlarini boshlash va yangi yo‘nalishda pilot tashuvlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-5 10:42

O‘zbekiston HHK Embraer C-390 Millennium harbiy-transport samolyotlarini oladi

O‘zbekiston HHK uchun Braziliyaning Embraer’idan eng so‘nggi C-390 Millennium harbiy-transport samolyotlari sotib olinmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi ilk shunday samolyotlar bo‘ladi. Ulardan asosan transport va gumanitar missiyalar uchun foydalanish rejalashtirilgan. Hozir HHKda Il-76 va CASA C-295 samolyotlari bor. gazeta.uz »

2026-2-4 22:52

Rasmiylar O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlari darknetda tarqalgani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar va Reddit platformasida O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari darknetda sizdirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Kiberxavfsizlik markazi ushbu xabarlar tekshirilayotganini ma’lum qildi. Gazeta ekspertdan vaziyat bo‘yicha izoh oldi. gazeta.uz »

2026-2-3 10:26

O‘zbekiston qishki olimpiada uchun 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritdi, biroq jarohat sabab 2 ta sportchi qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Milan va Kortina-d'Ampezzoda bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi qishki olimpiada uchun 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Biroq figurali uchish bo‘yicha qatshashishi kerak bo‘lgan Dmitriy Chigirevning jarohati sabab o‘zi va uning sherigi musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-2-2 12:53

“Xavfsizlik va Yaqin Sharqdagi manfaatlar”. Abdulaziz Kamilov — O‘zbekiston nega Tinchlik kengashiga qo‘shilgani haqida

Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston nega Tinchlik kengashiga qo‘shilganini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, bu, avvalo, xavfsizlik nuqtai nazaridan qilingan harakat. Shuningdek, Kamilov buni O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi manfaati va kengash maqsadlari O‘zbekiston tashqi siyosatiga mos ekani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-1-23 08:27

O‘zbekiston avtoimportining 71 foizini elektromobillar egalladi, gibrid va benzinli mashinalarniki esa kamaymoqda

2025-yilda olib kirilgan qariyb 80 mingta avtomobilning 56 mingtadan ortig‘i elektromobillar bo‘ldi, benzinli mashinalar importi esa 40 foizga kamaydi. Ichki yonuv dvigatelli mashinalar ulushi 44% dan 25% gacha qisqardi. Qolaversa, elektromobillarning o‘rtacha narxi oshdi. gazeta.uz »

2026-1-19 13:33

O‘zbekiston 2026-yilda YIM o‘sishi bo‘yicha mintaqadagi kuchli uchlikka kiradi — Jahon banki

O‘zbekiston 2026-yilda YIMning 6% lik o‘sishi bilan YMO mintaqasida rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida top-3 likka kiradi, deya prognoz qildi JB. Jahon bozorlaridagi yuqori oltin narxlari hisobiga iqtisodiy faollik kuchayadi, Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat pul o‘tkazmalarining qisqarishiga olib kelishi mumkin. gazeta.uz »

2026-1-18 09:02

O‘zbekiston 2026-yilda YIM o‘sishi bo‘yicha mintaqadagi rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida top-3 likka kiradi — Jahon banki

O‘zbekiston 2026-yilda YIMning 6% lik o‘sishi bilan YMO mintaqasida rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida top-3 likka kiradi, deya prognoz qildi JB. Jahon bozorlaridagi yuqori oltin narxlari hisobiga iqtisodiy faollik kuchayadi, Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat pul o‘tkazmalarining qisqarishiga olib kelishi mumkin. gazeta.uz »

2026-1-18 09:02

“Eskicha qarashlar bilan O‘zbekiston rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan rahbarlar hali ham bor” — Alisher Qodirov

Alisher Qodirovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston boshqaruv tizimida hali ham eskicha xulosalar bilan yondashib, mamlakat rivojiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatayotgan rahbarlar bor. “Biz hali sovet ta’siridan to‘laligicha qutulmaganmiz, bu jarayonda ideal natijaga erishganimiz ham yo‘q”, - deydi partiya raisi. gazeta.uz »

2026-1-17 09:25

O‘zbekiston o‘z fuqarolarini xorijda, jumladan, AQShda ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqchi

O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Shvetsiya, Daniya va Norvegiya kabi Yevropa mamlakatlaridagi yuqori maoshli ishlarga faolroq yuborishni rejalashtirmoqda. Prezident elchixonaga muzokaralarni jonlantirish va AQShdagi o‘zbekistonliklar uchun ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishni buyurdi. gazeta.uz »

2026-1-16 03:58

O‘zbekiston ko‘p qavatli uylarni klasterli boshqarish tizimiga o‘tishni rejalashtirmoqda

Ko‘p qavatli binolar uchun klaster boshqaruv tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Huquqiy eksperiment 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan. Binolar ranglari bo‘yicha tasniflanadi. Aholi boshqaruv kompaniyalarini “Mening uyim” tizimida ovoz berish orqali tanlaydi. BKlar uchun yangi talablar joriy etiladi. gazeta.uz »

2026-1-15 23:29