Ðåçóëüòàòîâ: 1699

JSST rahbari O‘zbekiston birinchi xonimining bolalar saratoniga qarshi kurashdagi xizmatlarini e’tirof etdi

JSST rahbari Toshkentda bo‘lib, Mehrli maktab gospital maktabi faoliyat yuritayotgan Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi. U O‘zbekiston birinchi xonimi va Zamin fondi rahbarining bolalar saratoniga qarshi kurash sohasidagi xizmatlarini qayd etdi. gazeta.uz »

2026-4-22 16:39

O‘zbekiston aeroportlari yilning birinchi choragida salkam 4 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston aeroportlari 4 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga ko‘pdir. Uzbekistan Airports hisobotiga ko‘ra, aviareyslar soni 30 mingdan oshgan, yuk tashish hajmida esa 14 foizlik o‘sish qayd etilgan. gazeta.uz »

2026-4-22 07:28

O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 2038-yildayoq trillion dollarga yetishi mumkin — iqtisodchi Mirkomil Xolboyev

2021-yildan keyingi o‘sish sur’ati bilan O‘zbekiston 2040-yilgacha 1 trln dollarlik iqtisodiyotga aylanadi, deydi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev. Uning aytishicha, o‘sish o‘rta va uzoq muddatda saqlanib qolsa, “dunyo O‘zbekiston iqtisodiy mo‘’jizasi haqida gapira boshlaydi”, faqat “katta xatolar qilinmasligi kerak”. gazeta.uz »

2026-4-21 13:05

“Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030” strategiyasi tayyorlanmoqda. U nimalarni nazarda tutadi?

Prezidentga “Yangi O‘zbekiston yoshlari - 2030” strategiyasi loyihasi taqdimot qilindi. Hujjat yoshlar bandligi, ta’limi va salomatligi, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, volontyorlik harakatini kengaytirish, shuningdek, ochiqlik va ishtirok mexanizmlarini rivojlantirish masalalarini qamrab oladi. gazeta.uz »

2026-4-20 15:07

O‘zbekiston tizimli ahamiyatga ega davlat banklarini saqlab qolish rejalarini qayta ko‘rib chiqishi zarur — XVJ

XVJ missiyasi O‘zbekistonga moliya tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan DTBlarini davlat banklari sifatida saqlab qolish rejalarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, bu moliyaviy barqarorlik uchun risklarning ortishi va budjet xarajatlarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-18 11:04

O‘zbekiston va mintaqada omborlar ko‘chmas mulki bozorida nimalar yuz bermoqda? Muammolar va istiqbollar

Toshkentda omborlar ijara narxi AQShdagidan yuqori ekani ma’lum bo‘ldi. Sabab - sifatli maydonlarning tanqisligi: omborxonalar sig‘imi rivojlangan davlatlardagiga nisbatan o‘nlab baravar past. Mintaqaviy forumda mazkur sanoatning rivojlanish istiqbollari va uning oldida turgan muammolar muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-4-17 16:48

XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 6,8 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

XVJ O‘zbekiston YAIM 2026-yilda 6,8 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Yaqin Sharqdagi urush fonida noaniqlik darajasi yuqori saqlanib qolayotgani hisobiga iqtisodiy pasayish xavfi ham bor. Urushning ta’siri O‘zbekistonga asosiy hamkor davlatlar bilan savdo aloqalari va xomashyo narxlari o‘zgarishi orqali seziladi. gazeta.uz »

2026-4-17 09:25

Prezident yil boshidan buyon oltinchi marta O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i muammolarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti 3,5 oy ichida neft-gaz tarmog‘i bo‘yicha oltinchi yig‘ilishni o‘tkazdi. Unda “O‘zbekneftgaz”ning birinchi chorakdagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi. Kompaniya gaz zaxiralari oshganini ma’lum qildi va qazib chiqarishni kuniga 6,7 mln kub metrga ko‘paytirish dasturini taqdim etdi. gazeta.uz »

2026-4-15 14:59

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha o‘rta muddatli prognozlarini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilgi o‘sish prognozini 0,4% bandga - 6,4% gacha oshirdi. 2027-yilgi o‘sish prognozi esa 0,8% bandga yaxshilanib, 6,7% ni tashkil etdi. Ayni paytda, JB iqtisodiyotda davlat sektori ustun mavqega ega bo‘lib, xususiy sektorning roli cheklanganicha qolayotganini ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2026-4-14 07:33

O‘zbekiston va Qozog‘iston ekologik muammolar ustida birgalikda ishlashga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Buxorodagi uchrashuvda chegaraoldi hududlarida “Toza havo” loyihasini birgalikda ilgari surish va suvdan oqilona foydalanish ustida ishlashga kelishib oldi. Mamlakatlar tashqi bozorlarga samarali chiqish uchun chegara infratuzilmasini birgalikda modernizatsiya qilish niyatida. gazeta.uz »

2026-4-12 14:36

Vashingtonda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman ish boshladi

Vashingtonda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini rasman ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash hamraislari - O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor ishtirok etdi. gazeta.uz »

2026-4-7 07:41

O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni yana dam olish va sog‘lomlashtirishga qabul qilishni rejalashtirmoqda — Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari

2026-yilda O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni sog‘lomlashtirish dasturini qayta tiklashni, shuningdek gumanitar yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Mishenko O‘zbekiston TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-4-3 15:59

O‘zbekiston OTMlari milliy reytingiga ko‘ra moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston OTMlari milliy reytingiga ko‘ra moliyaviy rag‘batlantiriladi. U10 dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida 10 ta OTM milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. Davlat granti uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori yo‘nalishining murakkabligi, OTM reytingi va hakazoga ko‘ra ajratiladi. gazeta.uz »

2026-4-3 14:31

O‘zbekiston yetkazib berishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun aviatashuvlarni subsidiyalashga tayyor — IMV

O‘zbekistonda quruqlik orqali logistika cheklangan hollarda aviatashuvlar xarajatlarining bir qismini qoplash rejalashtirilmoqda, dedi Ilhom Norqulov. Yilning birinchi uch oyi yakunlari bo‘yicha YAIM 7,5% o‘sishi kutilmoqda, ammo iqtisodiyot ko‘rsatkichlari uchun “hal qiluvchi” davr ikkinchi chorak bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-4-2 15:28

O‘zbekiston jahon aviatsiyasining yangi iqtisodiyotiga moslasha oladimi? Boston Consulting Group bilan intervyu

Yangi aeroport qurilishi Toshkentni mintaqa aviahabiga aylantirishi mumkin. O‘zbekistonga Dubay va Istanbul bilan raqobatlashishda qanday qadamlar yordam beradi, xavfsizlik masalalari bu raqobatga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin? Gazeta Boston Consulting Group ekspertlari bilan istiqbollarni muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-4-2 14:42

Fotoreportaj: O‘zbekiston Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, FIFA Series g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z uyida Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, FIFA Series turnirida g‘olib bo‘ldi. Abduqodir Husanov turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Gazeta muxbiri Murod Yusuf ushbu o‘yinning eng qiziqarli lahzalaridan fotoreportajni taqdim etadi. gazeta.uz »

2026-3-31 06:27

Import ishlab chiqarishdan arzonroq. O‘zbekiston 15 turdagi tovarni ishlab chiqarishda zarur xomashyo uchun bojlarni bekor qiladi

O‘zbekistonda “tarif inversiyasi” - tayyor mahsulot importi mahalliy ishlab chiqarishdan arzonroq tushadigan holatlarga chek qo‘yish bo‘yicha tajriba joriy etiladi. 15 xil tovar, jumladan, qandolat mahsulotlari, bolalar ozuqasi ishlab chiqarish uchun xomashyo bojlari bekor qilinadi. Rasmiylar bu qanday ishlashi haqida. gazeta.uz »

2026-3-30 12:19

O‘zbekiston qul savdosini insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’tirof etuvchi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh assambleyasi transatlantik qul savdosini insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’tirof etuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 123 davlat, jumladan O‘zbekiston qo‘llab-quvvatladi. U davlatlarni uzr so‘rash va reparatsiyalar masalasini ko‘rib chiqishga chaqiradi. gazeta.uz »

2026-3-27 08:06