Ðåçóëüòàòîâ: 136

“O‘zbekiston futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga to‘liq ishonaman” — Srechko Katanets

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 uchinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha o‘yinlar qiyin bo‘ladi, ammo u terma jamoaning jahon chempionatiga chiqishiga ishonch bildirmoqda. gazeta.uz »

2024-6-27 12:20

O‘zbekiston karbonat angidrid emissiyasini kamaytirganlik uchun Jahon banki to‘lovini olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi

O‘zbekiston uglerod emissiyalarini 500 ming tonnaga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun Jahon banki mamlakatga 7,5 mln dollar grant ajratdi. Mablag‘ning bir qismi elektr energiyasi va gaz tariflari oshishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2024-6-23 07:52

1,5 mlrd dollar: O‘zbekiston jahon moliya bozorlariga navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqardi

O‘zbekistonning umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Obligatsiyalardan tushgan mablag‘ Davlat budjeti taqchilligini qoplash va Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2024-5-22 11:42

Jahon banki O‘zbekistonga “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratadi

IMV va Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Jahon bankining krediti mamlakat qishloqlaridagi minglab yoshlarning IT ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2024-4-20 17:20

Jahon banki 2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini biroz pasaytirdi

Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi. gazeta.uz »

2024-4-15 08:25

123