Asossiz qarzdorlik bilan elektr to‘lovlariga kiritilgan cheklovlar sabab Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yuborildi
Raqobat qo‘mitasi asossiz qarzdorlik bilan elektr ta’minotiga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi. Hozirda chiqindidan 15,8 mlrd so‘mlik qarzdorlik uchun 199 mingga yaqin abonentning elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatilgan. gazeta.uz »