Ðåçóëüòàòîâ: 269

“Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin”. Prezident — Shahrisabzdagi agroturizm majmuasi haqida

Prezident Shahrisabzga tashrifi chog‘ida tomchilatib sug‘orish orqali yaratilgan 520 gektarli agrobog‘, mehmonxona va restorandan iborat agroturizm majmuasi faoliyati bilan tanishdi. “Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »

2025-6-19 21:41

Buxoro viloyati hokimligi Botir Zaripov bog‘chadagi binoni sudsiz buzishni buyurgani aks etgan video yuzasidan izoh berdi

Buxoro viloyati hokimligi hokim Botir Zaripovning bog‘cha hududidagi binoni sud qarorini kutmasdan buzishni talab qilgani aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, hokim bog‘cha hududidagi noqonuniy tarzda qurilgan umumiy ovqatlanish obyektiga maxfiy kirish-chiqish yo‘lagi haqida gapirgan. gazeta.uz »

2025-6-13 09:07

Metro, tramvay va avtoyo‘l liniyasi. Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofidagi qurilishdan reportaj

Toshkentda Yangi O‘zbekiston bog‘i va Olimpiya shaharchasini yagona ansamblga birlashtiruvchi salkam 600 metrda yerosti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda. Loyihaga ko‘ra, qurilish obyektida transport tuguni: bir nuqtada aytoyo‘l, yerosti metro bekati, yerusti tramvay liniyasi bo‘ladi. “Gazeta.uz” obyektdan reportaj tayyorladi. gazeta.uz »

2025-5-18 15:22

O‘zbekistonda bog‘larni xususiylashtirish va botanika bog‘larida o‘simliklarga zararli tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi

Prezident fuqarolarning dam olishi uchun mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish va o‘zlashtirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Hujjat, shuningdek, botanika bog‘larini muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qatoriga kiritadi va ularda o‘simlik dunyosiga tahdid soladigan har qanday faoliyatni taqiqlaydi. gazeta.uz »

2025-5-6 19:59

Toshkentda O‘rta Chirchiq tumani hokimligi bog‘dorchilik uchun ajratgan 6 gektar yerni 455 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Davlat xavfsizligi xizmati Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini sotish va hujjatlarda turini o‘zgartirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlarni aniqlandi. Xususan, Toshkentda bog‘dorchilik uchun ajratgan 6 gektar yerni 455 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. gazeta.uz »

2025-4-18 08:57

“Bilimlar bog‘i” paviloni. O‘zbekiston Yaponiyadagi Expo-2025 ko‘rgazmasida o‘zini dunyoga qanday tanitadi?

Osaka shahrida o‘tadigan Expo-2025 butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni mamlakatning madaniy merosi, innovatsiya va rivojlanish yo‘lidagi intilishlarini namoyish etadi. “Bilimlar bog‘i” me’moriy loyihasi Germaniyada dizayn mukofotida oltin medal olib ulgurgan. “Gazeta.uz” bu kompleks bilan tanishdi. gazeta.uz »

2025-4-12 14:13

Shveysariya elchisi o‘zbekistonliklarni ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchsiga ko‘ra, ushbu davlatga soxta ishga taklif qilish va qalbaki ishlash ruxsatnomalari bilan bog‘liq murojaatlar soni ortgan. “O‘zbekistonda yashab, Shveysariyada ish qidirayotgan bo‘lsangiz, firibgarlik qurboni bo‘lib qolishdan o‘zingizni himoya qiling”, - deydi Konstantin Obolenskiy . gazeta.uz »

2025-3-28 15:55

Maktab va bog‘chalar yaqinidagi 308 ta “peshexod” baland qilib qo‘yildi — Surayyo Rahmonova

O‘zbekistonda shahar va tuman ahamiyatiga ega ko‘chalarga tutash maktab va bolalar bog‘chalari oldiga 308 ta ko‘tarilgan o‘tish joylari o‘rnatildi, dedi bolalar ombudsmani. YHXX ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 678 ta maktab yaqinidagi baland piyodalar o‘tish joylarini jihozlash rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-3-26 21:38

O‘zbekistonda sentabr oyidan maktab va bog‘cha direktorlarining maoshi oshadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va bog‘cha mudirlarining maoshi oshiriladi. 2026-yildan boshlab ular uchun KPI asosida oylik ustamalar joriy etiladi. Maktablar bo‘sh turgan binolarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 75 foizini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-19 13:32

O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada viza bilan bog‘liq firibgarlikka uchramoqda — Bosh konsulxona

Istanbuldagi Bosh konsulxonaga ko‘ra, Turkiyada ayrim shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga AQShga yuborish va Yevropa vizalarini rasmiylashtirishni va’da qilib, firibgarlik sodir etmoqda. “Bunga ishongan fuqarolarimiz Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bo‘lmoqda”, - deyiladi ogohlantirishda. gazeta.uz »

2025-2-27 20:00

Senator bog‘chalardagi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha vazir Hilola Umarovaga so‘rov yubordi

Senat qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga bog‘chalarda kuzatilayotgan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan so‘rov yubordi. Senator zo‘ravonlik sabablari va ularning oldini olish bo‘yicha choralar bo‘yicha tushuntirish berishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-2-27 15:51

“„Anhor“ va „Navro‘z“ bog‘larini qayta qurish rejalashtirilmayapti” — Qurilish vazirligi va Golden House

Qurilish vazirligi va Golden House kompaniyasi Toshkentdagi “Anhor Lokomotiv” bog‘ida turar joy va biznes majmualari qurilishi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bog‘ hududidagi savdo markazi egasi o‘z huquqlarini boshqa kompaniyaga o‘tkazishni rejalashtirmoqda, u savdo markazi o‘rnida yangi bino quradi. gazeta.uz »

2025-2-20 19:40

Ekologiya partiyasi deputati “Anhor Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan qurilish ishlari bo‘yicha tegishli organlarga so‘rov yubordi

Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyor Po‘latov “Anhor Lokomotiv” bog‘iga tutash hududlarda rejalashtirilgan qurilish ishlari yuzasidan Bosh prokuratura, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda poytaxt hokimligiga deputatlik so‘rovi yubordi. gazeta.uz »

2025-2-19 15:59