Ðåçóëüòàòîâ: 269

Forishda zaharlangan bog‘cha bolalarining 2 nafari shifokorlar kuzatuvida qolmoqda — SSV

Jizzax viloyati Forish tumanidagi to‘rtta davlat bog‘chasida ovqatdan zaharlangan bolalarning barchasi barqaror ahvolida bo‘lib, hozirda faqat 2 nafar bola shifokorlar kuzatuvida qolmoqda. SSV bayonotiga ko‘ra, noxushlik holatining aniq sababi laboratoriya tahlillari natijalariga ko‘ra belgilanadi. gazeta.uz »

2025-10-10 12:10

Shifoxonalarda bog‘chada ovqatdan zaharlanib, davolanayotgan 3 nafar bola qoldi — Nurmat Otabekov

Toshkent viloyatida 30-sentabr holatiga ko‘ra shifoxonalarda bog‘chalarda ovqatdan zaharlanib davolanayotgan 3 nafar bola qoldi. Nurmat Otabekov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ta’lim muassasalarida ovqatlanish xizmatlari ustidan nazoratni yanada kuchaytirilishini aytdi. gazeta.uz »

2025-9-30 14:59

Bog‘cha bolalarining ovqatdan zaharlanishi yuzasidan autsorsing kompaniyalari tekshirilmoqda

Toshkent viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanishi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha bir nechta autsorsing kompaniyalari ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinib, bosh prokuror birinchi o‘rinbosari rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzilgan. gazeta.uz »

2025-9-29 09:26

Bolalar ommaviy zaharlangan Toshkent viloyatidagi bog‘chalarga sut mahsulotlarini kim yetkazib bermoqda?

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ommaviy zaharlanishning ehtimoliy manbai kefir ekani aytilmoqda. Ota-onalar bu go‘sht bo‘lishi mumkinligini ham aytmoqda. Bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorsing kompaniyalari Shark Milk Product’dan sut mahsulotlarini sotib oladi. Bu kompaniya haqida nimalar ma’lum? gazeta.uz »

2025-9-27 08:10

Xususiy bog‘chalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham budjetdan qoplab beriladi

Endilikda xususiy bog‘chalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham budjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi. Shuningdek, davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-15 15:05

Muhandislik maktablari, Avloniy stipendiyasi va “Yangi avlod” bog‘cha tarmog‘i — ta’lim islohoti rejalari

Prezident ta’lim tizimidagi yangi islohotlarga oid taqdimot bilan tanishdi. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini qamrab oluvchi yagona milliy g‘oya konsepsiyasini yaratish, “Yangi avlod” bog‘chalar tarmog‘i, muhandislik maktablari va Abdulla Avloniy nomidagi stipendiya ta’sis etish kabi tashabbuslar ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-9-8 18:25

Turkiyadagi pichoqlanish bilan bog‘liq holatda O‘zbekiston fuqarolari qatnashmagan — Bosh konsulxona

Turk OAVda Aksaray viloyatida 13 yoshli yigit opasining sevgilisini pichoqlagani, ular o‘zbekistonlik ekani haqida yozdi. Istanbuldagi Bosh konsulxonaning aniqlik kiritishicha, voqea ishtirokchilarining hech biri O‘zbekiston fuqarosi emas. Vatandoshlardan mahalliy qonunlarga rioya etish so‘raldi. gazeta.uz »

2025-8-27 11:50

Ozarbayjon Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelyapti — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusida o‘tayotgan uchrashuv ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda Ozarbayjon MO va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelayotganini alohida qayd etdi. gazeta.uz »

2025-8-18 14:23

“Aksincha, daraxtlar va bog‘larning muhofazasini kuchaytirish kerak”. Faollar Murod Nazarovning “daraxtlar banki” taklifiga munosabat bildirdi

Tadbirkor Murod Nazarovning “daraxtlar banki” taklifi bahslar keltirib chiqardi. Faollarning biri taklif noo‘rin ekani, kichik daraxtlar katta daraxtning funksiyasini yetarli darajada bajara olmasligini qayd etsa, boshqalar qurilishlarni ko‘paytirish kerak, lekin yashillik hisobiga emas, degan fikrda. gazeta.uz »

2025-7-18 09:56

Jazirama bilan bog

Jahon banki tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekistonda jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar har 100 ming kishiga 19 tadan 21 tagachani tashkil etmoqda. 2090-yilga borib, O‘zbekistonda issiq havo tufayli yiliga 10 mingdan 23 minggacha kishi vafot etishi mumkin. Boshqa prognozlar. gazeta.uz »

2025-7-16 11:42

Boku va Toshkentda do‘stlik bog‘lari ochiladi, qiymati 400 mln dollarlik yangi loyihalar imzolandi — Toshkent hokimi o‘rinbosari

Bokuda “O‘zbekiston” bog‘ini qurish boshlandi, Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i paydo bo‘ladi. Toshkent hokimi o‘rinbosariga ko‘ra, hokimlik va Ozarbayjon kompaniyalari o‘rtasida besh yulduzli mehmonxona, savdo majmuasi, mehmonxonalar tarmog‘i, qahvaxona, restoranlar qurish bo‘yicha $400 mln lik shartnomalar imzolangan. gazeta.uz »

2025-7-3 20:48

Bokudagi 80 mln dollarlik “O‘zbekiston” bog‘i mamlakatning Ozarbayjondagi “ko‘zgusi”ga aylanadi — Ortiqxo‘jayev

Bokudagi “O‘zbekiston” bog‘iga kiritilgan investitsiyalar hajmi 80 mln dollarga baholanmoqda. Loyiha Samarqand, Buxoro, Xiva uslubidagi me’moriy obyektlar, ustaxonalar, milliy taomlar restoranlari, plyaj, okeanarium, do‘konlar va boshqalarni qurishni nazarda tutadi, dedi tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev. gazeta.uz »

2025-7-3 13:53