Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi
Chilonzor tumanidagi davlat bog‘chasida besh yoshli tarbiyalanuvchi nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat derazasidan tushib ketdi. Oqibatda bola qo‘l, burun, jag‘ sohalari sinishi tashxisi bilan jonlashtirish bo‘limiga yotqizildi. Poytaxt MMTBga ko‘ra, hozirda uning ahvoli yaxshilangan. gazeta.uz »
