Jizzaxda istirohat bog‘idagi attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi
Jizzax shahri “O‘rda” istirohat bog‘idagi attraksion sinib tushishi oqibatida 4 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi. Tarmoqlardagi videoda fuqarolar og‘ir jarohatlangani, jumladan, bir bola zambilda olib chiqilayotgani aks etgan. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »