Agrar universiteti binosida kuchli yong‘in yuz berdi
Toshkent davlat agrar universiteti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. FVV “vaziyat to‘liq nazoratga olingan”ini ma’lum qildi. Ma’lumotlar yangilanmoqda. gazeta.uz »
Yuz - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent davlat agrar universiteti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. FVV “vaziyat to‘liq nazoratga olingan”ini ma’lum qildi. Ma’lumotlar yangilanmoqda. gazeta.uz »
Livanda “Hizbulloh” foydalanadigan portativ ratsiyalarni portlatish boshlandi. Kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 450 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bir kun oldin butun mamlakat bo‘ylab guruh a’zolarining peyjerlari bir vaqtning o‘zida portlagandi. gazeta.uz »
17-sentabr kuni butun Livanda bir vaqtning o‘zida “Hizbulloh” a’zolari foydalangan peyjerlar portladi. Kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch mingga yaqin kishi yaralandi. Guruh sodir bo‘lgan voqealarda Isroilni aybladi. gazeta.uz »
Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt avtomashinasi katta tezlikda temir to‘siqqa borib urildi. IIBBning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan. gazeta.uz »
“Boris” bo‘roni tufayli kuchli yomg‘irlar Markaziy Yevropada suv toshqinini keltirib chiqardi: kamida 15 kishi halok bo‘ldi, minglab uylar suv ostida qoldi. Polshada tabiiy ofat rejimi joriy etildi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida turar joy binosining 3-qavatidagi xonadonlardan birida portlash yuz berdi va ikki nafar fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat oqibatida yong‘in sodir bo‘lmadi. FVB surishtiruv ishlari boshlanganini aytdi, portlash sababi haqida ma’lumot yo‘q. gazeta.uz »
Toshkent shahrida o‘tayotgan musiqa festivali davomida ommaviy janjal yuz berdi. IIBB 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »
Parij Olimpiadasi ochilishi kuni Fransiya temiryo‘l tarmog‘ida sabotaj uyushtirildi. Vandallar bir necha muhim yo‘nalishlardagi signal qutilariga o‘t qo‘ydi, bu esa tezyurar poyezdlarning harakatiga jiddiy ziyon keltirdi. gazeta.uz »
Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonidagi yangi “Terminal” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Chernogoriya, Bosniya, Albaniya hamda Xorvatiyaning Adriatika dengizi qirg‘oqlaridagi katta qismida keng masshtabli blekaut yuz berdi. OAV to‘rt mamlakatning barcha qismlarida elektr uzilishlari haqida yozmoqda. gazeta.uz »
AQSh fuqarolari bilan oila qurgan hamda mamlakatda kamida 10 yil yashagan noqonuniy immigrantlar mamlakat fuqaroligini olish uchun ariza topshirishi mumkin. Yangi dastur 500 mingdan ortiq kishini qamrab olishi kutilmoqda. gazeta.uz »
Shanba kuni tunda Telegram messenjeri faoliyatida global va uzoq davom etgan nosozlik yuzaga keldi. Muammolar O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Yevropa davlatlarida kuzatildi. gazeta.uz »
10-may kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel-suv toshqinlari yuz berdi. Avtomobil yo‘llari, ekin maydonlarini suv bosdi, daraxtlar quladi. Jala tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. gazeta.uz »
800 mingga yaqin odam Buenos-Ayres ko‘chalariga chiqib, davlat universitetlari rivojiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga qarshi chiqdi. Universitetlarni moliyalashtirishni kamaytirish qarori Argentina prezidenti Xaver Miley tashabbusi bilan qabul qilingandi. gazeta.uz »
Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball). gazeta.uz »
Afg‘onistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball). gazeta.uz »
12 |