Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan to‘liq taqiqni 31-oktabrgacha uzaytirdi
Rossiya “ichki yonilg‘i bozorida barqaror vaziyatni saqlab qolish uchun” avtomobil benzinini eksport qilishni yana taqiqladi, cheklov 31-oktabrgacha davom etadi. Avvalroq benzin eksporti avgust oxirigacha to‘liq taqiqlangandi, o‘shanda Energetika vazirligi bu O‘zbekistonga ta’sir qilmasligini bildirgan. gazeta.uz »
