Namangandagi gaz zapravkada Damas to‘liq yonib ketdi
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi gaz quyish shoxobchasida Damas avtomobilida yong‘in yuzaga keldi va mashina to‘liq yonib ketdi. Qutqaruvchilar holatni 8 daqiqada bartaraf etdi. gazeta.uz »
Liq - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi gaz quyish shoxobchasida Damas avtomobilida yong‘in yuzaga keldi va mashina to‘liq yonib ketdi. Qutqaruvchilar holatni 8 daqiqada bartaraf etdi. gazeta.uz »
Toshkent viloyatida sementovoz mikroavtobus bilan to‘qnashdi, kamida uch kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar bor. Viloyat IIBB xabarida mikroavtobusni qayd etmadi, qurbonlar sonini ham ochiqlamadi. gazeta.uz »
Saudiya Arabistonidagi Ukraina-AQSh muzokaralari yakunlangach, Ukraina zudlik bilan va kamida 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor ekani ma’lum bo‘ldi. AQSh bergan bu taklif Rossiyaga yetkaziladi. gazeta.uz »
Prezident bahor mavsumida tomorqa va ijara yerlarda ekin ekishni to‘liq ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu jarayon online-mahalla.uz platformasi orqali kuzatib boriladi. Maqsad - natijadorlikni oshirib, ishsizlarni kasbga va foydali mehnatga yo‘naltirish. gazeta.uz »
Istanbuldagi Bosh konsulxonaga ko‘ra, Turkiyada ayrim shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga AQShga yuborish va Yevropa vizalarini rasmiylashtirishni va’da qilib, firibgarlik sodir etmoqda. “Bunga ishongan fuqarolarimiz Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bo‘lmoqda”, - deyiladi ogohlantirishda. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida 50-sonli avtobus bilan bog‘liq YTHga uning tormozi ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida 10 ga yaqin yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi, 2 tup daraxt shikastlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov Virjil Ortisga mag‘lub bo‘lganini kasallik tufayli jang oldidan to‘liq tiklanib ulgurmagani bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u katta boks oqshomining bir qismi bo‘lgani uchun jangni bekor qilishni istamagan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda renovatsiya asosida buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymatini to‘liq qoplab beriladi. Shuningdek, qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma berishga qadar bo‘lgan jarayonlar to‘liq onlayn rejimida “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshiriladi. gazeta.uz »
Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Mamlakat bilan bu jarayonda texnik yordamni kengaytirishga hamda mutaxassislarning xalqaro savdo sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga kelishildi. gazeta.uz »
O‘tgan hafta nafas yo‘llari infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan papa Fransisk kasalxonada qolmoqda. 88 yoshli pontifikning test natijalari “murakkab klinik kartina”ni ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Vatikan. gazeta.uz »
Jomboyda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darilishi oqibatida 22 nafar ayol jabrlandi, deya xabar berdi Milliy telekanali. Biroq bir kun oldin YHXB bu ma’lumotni yashirib, faqat bir kishi halok bo‘lganini ta’kidlagan. gazeta.uz »
Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlar berildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston 2027-yildan boshlab kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojni ichki imkoniyat hisobidan qoplamoqchi. Bu haqda prezident bilan uchrashuvda ma’lum qilindi. 2025-yilda kartoshkachilikni rivojlantirish uchun 400 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari va katta inspektor-psixologlariga maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. gazeta.uz »
“Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyev Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilgan, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar, biznesmenlar, hatto siyosiy arboblar va deputatlar ham “Salimboy”ning huzuriga borgan. gazeta.uz »
Donald Trampning jamoasi Daniyani bo‘lajak prezidentning Grenlandiya bilan bog‘liq niyatlari jiddiyligidan ogohlantirdi. Tramp orolni sotib olish haqida 2019-yilda o‘ylagan edi, biroq hozirda, Daniya rasmiylarining fikriga ko‘ra, vaziyat “mutlaqo boshqacha”. gazeta.uz »
Hindistonda havo sifati yanada yomonlashganidan so‘ng Nyu Dehli va unga yaqin hududlarda cheklovlar kuchaytirildi. Gibrid darslar 10−12-sinflardan tashqari barcha sinflarga tatbiq etildi. Xodimlarning 50 foiziga uydan ishlashga ruxsat berildi. Ko‘plab qurilish ishlari taqiqlanmoqda. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash rejalari bilan tanishdi. Unga ko‘ra, 2025-yildan hudud kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi. gazeta.uz »
Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari umumiy davlat chegarasini to‘liq tavsiflashni yakunladi. Qirg‘iziston MXDQ raisi bir necha oydan so‘ng masala “butunlay hal bo‘lishini” ta’kidladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan foydalanishni taqiqlash 2028-yildan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Avvalroq 2025-yildan boshlab ushbu markadagi yonilg‘idan voz kechilishi xabar qilingan edi. gazeta.uz »
O‘zbekiston aholisi va biznesining yonilg‘i hamda energoresurslar narxlari oshishidan xavotirlari kuchaydi. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, ular, shuningdek, kommunal xizmatlar narxining o‘sishi va valyuta kursining o‘zgarishini kutmoqda. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida boshqaruv yo‘qotilishi oqibatida MAN yuk mashinasi ag‘darildi va pachoqlanib ketdi. Haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatildi, jarohatlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
O‘zbekistonda endilikda yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha my.gov.uz portali orqali shikoyat yo‘llash mumkin. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi omonat turlari reklamasida muhim ma’lumotlar to‘liq berilmagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga moliyaviy jarima qo‘lladi. Bankka qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi. gazeta.uz »
Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan Damas to‘liq yonib ketdi. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Hech kim jarohat olmagan. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev biznes ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanishi kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »
“Ukraina va Yaqin Sharqdagi voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatyapti”, - dedi Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlari sammitida. Uning aytishicha, Markaziy Osiyoning “buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlar va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surish”ga tayyorlikka bog‘liq. gazeta.uz »
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh Kongressidagi nutqida Isroil HAMAS bilan to‘liq g‘alabagacha kurashishini aytdi va G‘azodagi urushni Eron bilan kurashga qiyosladi. Uning chiqishi Vashingtonda norozilik namoyishlarini yuzaga keltirdi. gazeta.uz »
Termiz aeroportida ikkinchi yurish yo‘lagi va asosiy yo‘lak uchastkasi hamda perronda uchta samolyotlar turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi. 2019-yilda rekonstruksiyadan chiqqan terminal, 2022-yilda esa betondan qilingan uchish-qo‘nish yo‘lagi ochilgandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 1-sentabrdan har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi. gazeta.uz »
AQSh savdo vakili Ketrin Tay Toshkentda qator vazirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Elchi AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va GSP tizimi doirasida savdo imtiyozlarini berishni qayta tiklash niyatini tasdiqladi. gazeta.uz »
Mass-media fondi yangi direktori Jahongir Azimov o‘zining Telegram kanalida Muna Mug kompaniyasi rahbari Farrux Hakimovning fotograf Kamil Yenikeyevga qilgan tajovuzkor harakatlariga munosabat bildirdi. gazeta.uz »
Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazishni dekriminalizatsiya qilib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazilishi kutilmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini qabul qildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda ham dasturchilar orasida xotin-qizlar ulushi yildan-yilga oshmoqda. “Gazeta.uz” AKT sohasidagi qizlar kuni munosabati bilan IT’dagi o‘quvchi qizlar bilan suhbatlashdi. Ular hozirgi loyihalari, kelajak rejalari, muammo va to‘siqlar va jamiyatdagi stereotiplar haqida gapirdi. gazeta.uz »
Mamlakatning xomashyo bazasi kamida 15 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini bermoqda, dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportni an’anaviy arzon bozorlardan (Rossiya, Xitoy, Turkiya) “yangi, qimmatroq"lariga yo‘naltirish zarur. gazeta.uz »
Boeing rahbarlari kompaniyaning eng katta inqiroziga olib kelgan samolyotlar xavfsizligi bo‘yicha bir qator mojarolardan so‘ng iste’foga chiqadi. So‘nggi baxtsiz hodisa yanvar oyida bo‘lgan: Alaska Air aviakompaniyasining 737 MAX 9 samolyotidagi eshik paneli parvoz paytida chiqib ketgandi. gazeta.uz »
“Toshshahartransxizmat” avtobuslar bilan bog‘liq texnik nosozliklar, tutash holatlari va yo‘l-transport hodisalari ko‘payotgani ortidan 5 nafar mas’ul xodimni ishdan oldi. gazeta.uz »
12 |