O‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi
O‘zbekistonning barcha aholisi 7-sentabr kuni to‘liq Oy tutilishining guvohi bo‘ladi. Jarayon Toshkent vaqti bilan soat 21:27 da boshlanadi va maksimum fazasiga soat 23:11 da yetadi. Uni ko‘rish uchun maxsus jihozlar talab qilinmaydi va oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin, deydi mutaxassis. gazeta.uz »
