Ðåçóëüòàòîâ: 73

“Sun'iy kooperativlar vazirligi”. Quyi palata spikeri kooperativlar to‘g‘risidagi qonundagi normaga qarshi chiqdi

Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”. gazeta.uz »

2024-9-18 22:58

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’qidladi. gazeta.uz »

2024-8-28 18:06

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda

Mudofaa vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchining zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular tez orada mamlakat qo‘shinlariga yetkaziladi. Transportyor yuqori aniqlikda o‘t ochishga mo‘ljallangan, “Tarlon” esa ekipaj va qo‘shinlarni o‘qotar qurollardan himoya qiladi. (foto, video) gazeta.uz »

2024-7-23 11:04

Maktab ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha an’anaviy tavsiyalarni berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Unda restoran, xonadonlarda “Bitiruv oqshomi”ni o‘tkazish, sovg‘aga pul yig‘ish, bayramga qimmat kiyim sotib olish, yengil mashinalarda sayr, guruh bo‘lib bog‘ va suzish joylariga borish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2024-5-14 08:55

Energetika vazirligi va JB loyihasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 500 dan ortiq jamoat binolari energiya samarador bo‘ladi

Energetika vazirligi va JB jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini taqdim etdi. Kelgusi besh yilda shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalarida termoizolyatsiya, ventilyatsiya, konditsionerlik yaxshilanadi, shuningdek, ko‘mir qozonlari quyosh kollektorini isitish tizimlariga almashtiriladi. gazeta.uz »

2024-4-23 18:25

Energetika vazirligi: Metan uchun 3350 so‘mdan ziyod to‘lov qilgan bo‘lsangiz, uni qaytarishni talab qilish huquqiga egasiz

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-aprel kuni AGTKSHlarda metan 3800 so‘mdan sotildi, bu belgilangan chegara, ya’ni 3350 so‘mdan yuqori. Energetika vazirligi iste’molchilar shoxobchaga chek bilan qaytib, ortiqcha to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-4-2 19:55

Madaniyat vazirligi “madaniyatli insonlar”ga ko‘ngilochar tadbirlar uchun bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi

Madaniyat vazirligi gaz va elektrdan qarzi yo‘q, ma’muriy javobgarlikka tortilmagan “namunali va madaniyatli insonlar”ni aniqlab, ularga ko‘ngilochar tadbirlarga bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi. “Loyiha hali to‘liq ishlab chiqilmagan, buning uchun biroz vaqt kerak”, - dedi vazirlik xodimi. gazeta.uz »

2024-3-13 12:11

12