Yana uchta vazirlik yaqin kunlarda Yangi Toshkentga ko‘chadi — qurilish vaziri
Yaqin kunlarda Qurilish, Transport va Ekologiya vazirliklari Yangi Toshkent hududiga ko‘chiriladi, deya ma’lum qildi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov. Vazirliklarning poytaxtdagi mavjud binolari sotuvga chiqarilib, tushgan mablag‘ evaziga yangi ma’muriy majmualar barpo etiladi. gazeta.uz »
