Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda chaqnash sodir bo‘ldi
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda chaqnash sodir bo‘ldi. FVBga ko‘ra, 5 nafar fuqaro qutqarilgan, halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Video. gazeta.uz »
ñîäèð - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda chaqnash sodir bo‘ldi. FVBga ko‘ra, 5 nafar fuqaro qutqarilgan, halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Video. gazeta.uz »
Navoiyda ichki yo‘ldan chiqqan Malibu Nexia-3 ga borib urildi. Zarb ortidan ular yo‘l chetidagi 3 ta mashina bilan to‘qnashdi. YTHda hech kim jarohatlanmadi, surishtiruv boshlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ushbu harakatlarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Senat tegishli qonunni ma’qulladi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida yerusti metro yo‘lining tagidagi avtomobillar yuvish joyida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inda odamlar jabrlanmadi, hodisa metro harakatiga ta’sir qilmadi. gazeta.uz »
Shahrixon tumanida 2014-yilda birovning uyiga miltiq bilan kirib, bosqinchilik qilgan shaxs 2025-yilda qo‘lga olindi. Hozirda uning sherigi ham qidirilmoqda, deyiladi IIV xabarida. gazeta.uz »
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruv ekipaji voqea joyiga 8 daqiqada yetib borib, yong‘inni 20 daqiqada o‘chirgan. gazeta.uz »
IIV O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 800 mingdan ortiq shaxs ro‘yxati shakllantirilganini ma’lum qildi. Vazirlik vakili fuqarolar nima maqsadda bunday ro‘yxatga kiritilganiga izoh berib, ularga faqat yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida Nexia, Lacetti va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHXB holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda. gazeta.uz »
Buxoro viloyati Jondor tumanida 4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km uzoqda joylashgan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi. Milliy gvardiya boshliqlari va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom biriktiriladi. gazeta.uz »
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 3,9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 363 km uzoqda joylashgan. gazeta.uz »
Dushanba kuni Navoiy viloyati Tomdi tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. gazeta.uz »
Andijonning Marhamat tumanidagi xonadonda gaz chaqnadi. Oqibatda bir oilaning to‘rt a’zosi turli darajada tan jarohati oldi, ulardan biri vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Juma kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. gazeta.uz »
Toshkentning Uchtepa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 27-dekabrga o‘tar kechasi uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat olgan. gazeta.uz »
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi buzilmoqda. Viloyat FVBga ko‘ra, buzish ishlari shoxobcha rahbarining o‘z xohish istagi bilan amalga oshirilmoqda va u qayta faoliyat ko‘rsatmaydi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahridagi solidol va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Video. gazeta.uz »
Seshanba kuni Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat FVB yong‘in qurshab olingani va o‘chirilganini bildirdi. gazeta.uz »
Hazorasp tumanidagi yengil konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 13 ta ekipaj jalb etildi va yong‘in bir soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. gazeta.uz »
10-dekabrda Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Havas supermarketi va unga tutash bo‘lgan osh markazida katta yong‘in chiqdi. Voqea joyiga 16 ta ekipaj jalb qilingan, yong‘in 40 daqiqa davomida o‘chirilgan. gazeta.uz »
Toshkentning Yunusobod tumanida avtobus, Matiz va Tracker-2 ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. FVBga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida Epica va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. YHXB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan. gazeta.uz »
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Uch politsiyachi yaralandi, hujum qilgan shaxsning o‘zi o‘ldirildi. Hududda mahalliy aholining G‘azodagi harakatlarga qarshi norozilik namoyishlari tez-tez bo‘lib turadi. gazeta.uz »
Jahon bolalar kuni munosabati bilan YUNISEF, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va bolalar ombudsmani ozodlikdan mahrum etish o‘rniga maslahat, vositachilik va qo‘llab-quvvatlash kabi bolalarga mo‘ljallangan muqobil sudlov choralarini joriy etishga chaqirdi. gazeta.uz »
Farg‘onaning Dang‘ara tumanida Lacetti va Damas ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Damas salonida ketayotgan qiz vafot etgan. Haydovchi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 74 yoshli fuqaro vafot etdi. gazeta.uz »
Turkiyaning Turkish Aerospace aviakompaniyasi bosh qarorgohi yaqinida terakt sodir bo‘ldi, 3 kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi yaralandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
BMTTD, FVV va O‘zgidromet tomonidan tayyorlangan infografika O‘zbekistonning tabiiy ofat xavfi yuqori bo‘lgan hududlari aholisiga xavf tug‘ilganda harakatlanishda yordam beradi. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat’ga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi. Korxona 20 ming tonnadan ortiq sementni birjaga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan, bu harakat esa manipulyatsiya deb baholanadi. gazeta.uz »
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oliygohning qurilishi tugallanmagan faollar zalidan kelib chiqqani aytilmoqda. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. gazeta.uz »
Toshkent davlat agrar universiteti 30-sentabr kuni universitet hududida kelib chiqqan yong‘in O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Agentlik buni rad etib, yong‘in asli qayerdan boshlangani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytdi. gazeta.uz »
Olmazor tumanida Cobalt, Tracker va “garmoshka”li avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida 3 kishi jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisa Cobalt haydovchisi aybi bilan kelib chiqqan. gazeta.uz »
Inbazar kiyim do‘konining qorovuli sotuvchini so‘kib, kaltaklagani uchun 7 sutkaga qamaldi. Holatni “qolgan xodimlarga o‘rnak bo‘lishi uchun” videoga olgan katta menejerga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun 4 soatdan ortiq vaqt ketdi. Yong‘inda hech kim jarohat olmadi. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda. gazeta.uz »
Dushanba kuni tongda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi poytaxtning qator tumanlarida ham sezildi. gazeta.uz »
Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik - olti erkak va bir ayol halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqib, 1,5 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabba yondi. Uni o‘chiirishga 3 ta ekipaj, 30 nafar qutqaruvchi va xo‘jalikning 20 nafar xodimi jalb qilindi. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi sexlarning biriga tegishli omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 09:48 da yetib borgan, 11:28 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. gazeta.uz »
Rossiyaning Volgograd oblastidagi koloniyada mahbuslar xodimlarni garovga oldi, ba’zilarini o‘ldirdi. Ularga qarshi o‘tkazilgan harbiy amaliyot chog‘ida isyonda gumonlangan to‘rt mahbus ham yo‘q qilindi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 2023-yilda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar qayta rulga o‘tirib, 707 ta YTH sodir etdi. Ularda 212 nafar shaxs vafot etdi, 546 nafar shaxs jarohatlandi. gazeta.uz »
Namangan viloyati Uychi tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 219 km uzoqda joylashgan. gazeta.uz »
Uzbekistan Airways’ning Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi parvozi vaqtida chet el fuqarolari tomonidan o‘g‘rilik sodir etildi. Samolyot Malayziyaga qo‘ngach chaqirilgan politsiya xizmati yordamida barcha buyumlar topildi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Parkent tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 65 km uzoqda joylashgan. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi do‘konlarning birida yong‘in yuz berdi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 21 daqiqada o‘chirilgan. gazeta.uz »
Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta avtomobil, Chilonzor tumanida esa 5 ta avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi. To‘qnashuvlarda jarohat olganlar yo‘q. gazeta.uz »
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi qo‘shni Navoiy viloyatidagi ayrim hududlarda ham sezildi. gazeta.uz »
Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bir necha o‘t o‘chirish ekipajlari, jumladan, aeroportning uchta o‘t o‘chirish mashinasi uni bir necha soat davomida o‘chirdi. Hodisa aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi. gazeta.uz »