Afg‘onistondagi zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning to‘rt provinsiyasida kuzatilgan 6 magnitudali zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok bo‘ldi, 2800 dan ortiq inson jarohatlandi. Qidiruv ishlari ketmoqda. Ko‘plab qishloqlar butunlay vayron bo‘lgan, aholi gumanitar yordamga muhtoj. Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »