Ðåçóëüòàòîâ: 110

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gr giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-20 08:02

Mirziyoyev va Barodar uchrashuvi. O‘zbekiston va Afg‘oniston nimalar to‘g‘risida kelishib oldi?

Afg‘oniston O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni va Markaziy Osiyo hamda Rossiyaga eksport hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston elektr energiyasi yetkazib berishga, sement ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, tuz qazib olish va qayta ishlashga sarmoya kiritishga tayyor. gazeta.uz »

2025-7-4 12:57

Prezident Afg‘oniston bilan chegaraoldi savdo va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi savdo va tegishli infratuzilma, qazib chiqarish, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Shavkat Mirziyoyev va Mulla Abdul G‘ani Barodar Xonkendidagi uchrashuvda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-7-3 16:57

“O‘zbekiston Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga kirishda darvoza bo‘lishi mumkin” — Slovakiya bosh vaziri

“Agar biz, slovaklar, aql bilan ish tutsak, O‘zbekiston biz uchun Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga kirish darvozasi bo‘lishi mumkin”, - dedi Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso. U AES va mehnat migratsiyasidagi qo‘shma loyihalarga qiziqish bildirdi. Uning aytishicha, Slovakiya 150 ming ishchiga muhtoj. gazeta.uz »

2025-6-10 12:08

“Vaqti-soati kelganida, tan olamiz”. Abdulaziz Kamilov — Afg‘oniston hukumati haqida

O‘zbekiston “Tolibon” harakati bilan to‘laqonli muloqot qilishga, ularni eshitish uchun minbar berishga chaqiradi, dedi Abdulaziz Kamilov. Uning aytishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini “vaqti kelganda” tan oladi, biroq buni xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda amalga oshirishni istaydi. gazeta.uz »

2025-6-2 12:10

Termizdan Janubiy dengizlargacha: O‘zbekiston Afg‘onistonni mintaqaviy hamkorlikka qo‘shish niyatida

O‘zbekiston tashabbusi bilan Termizda o‘tkazilgan forumda Markaziy va Janubiy Osiyoni yaqinlashtirish yo‘llari muhokama qilindi. “Termiz muloqoti” qo‘shma loyihalar muhokamasi, shuningdek, Afg‘onistonni mintaqa iqtisodiyotiga jalb qilish va xavfsizlikka jamoaviy yondashuvlarni shakllantirish maydoniga aylandi. gazeta.uz »

2025-5-21 20:16

Barodarning O‘zbekistonga tashrifi: Afg‘onistondagi gaz va sement zavodiga sarmoya kiritish, bojlarni kamaytirish va savdo imtiyozlari

Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari v.b. Abdulg‘ani Barodar O‘zbekistonda bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi. 10 ta mahsulotga bojlarni kamaytirish, O‘zbekistonning gaz qazib olish va sement zavodiga investitsiya kiritish, elektr uzatish liniyasini 30 mln dollarga arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. gazeta.uz »

2025-2-24 12:43

Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomani O‘zbekistonning Eriell kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi. gazeta.uz »

2024-10-25 14:02

Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomani O‘zbekistonning Eriell KAM kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell KAM kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi. gazeta.uz »

2024-10-25 14:02

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’qidladi. gazeta.uz »

2024-8-28 18:06

O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvlari to‘lovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi

Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifida yuk tashuvlar uchun to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish hamda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit bitimi muhokama qilindi. Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi. gazeta.uz »

2024-7-9 12:16