Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
Mo‘ynoqdagi Orol dengizining qurigan tubida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi. Unda olim va mutaxassislar sho‘rlangan tuproq unumdorligini tiklash, chidamli o‘simliklar o‘sishini kuzatish, qum ko‘chishi va changlanishni tahlil qilish kabilarni amalga oshiradi. gazeta.uz »