Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
David Kotaria Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirdi. gazeta.uz »
çáåêèñòîíäàãè - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
David Kotaria Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirdi. gazeta.uz »
Rikardo Martines Vaskes Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) bo‘ldi. U tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Sadiovga ishonch yorliqlarini topshirdi. gazeta.uz »
Kristofer Duggan Kanadaning O‘zbekistondagi yangi elchisi sifatida TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. gazeta.uz »
2024-yilda Xitoy O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni bo‘yicha birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi. O‘tgan yil davomida Xitoy ishtirokidagi kompaniyalar soni 43,6% oshdi. gazeta.uz »
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2021-yil martdan beri ishlab kelgan Olgan Bekar mamlakatdagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda. gazeta.uz »
2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. gazeta.uz »
O‘zbekistondagi 14 ta tibbiyot texnikumi 2025-yildan nemis standartlari asosida o‘qitishni boshlaydi, chunki, Migratsiya agentligiga ko‘ra, “Germaniya ish beruvchilari O‘zbekistondan to‘xtovsiz hamshiralar so‘rayapti”. gazeta.uz »
2025-yilda OTBning $100 mln kreditiga O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi. KfW bankining 30 mln yevrosi evaziga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 ta tibbiyot muassasasiga yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi uskuna o‘rnatiladi. gazeta.uz »
Belarus sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Ogorodnikov 2018-yildan buyon ishlab kelgan Leonid Marinich o‘rniga O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlandi. gazeta.uz »
Yaponiya hukumati O‘zbekistondagi shifoxonalar uchun tibbiy uskunalar to‘plamini xarid qilish bo‘yicha 215 ming dollarlik grantlar ajratdi. Jihozlar bolalar onkologiya markazi, perinatal markaz va shoshilinch tibbiy yordam markazining Buxoro filiali uchun olinadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti vazirlik, idora va hokimliklarga 2025-yilda budjet mablag‘larini tejash va samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish topshirig‘ini berdi. Davlat organlariga ish haqini oshirish, xizmat avtomobillari, qimmatbaho mebel va ofis jihozlarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish taqiqlanadi. gazeta.uz »
1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi. gazeta.uz »
2025-yil aprelidan O‘zbekistondagi barcha dorixonalar va klinikalar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadi. QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan avtomatik shakllantirib boriladi. gazeta.uz »
Deputat Odiljon Tojiyev Checheniston rahbarining Komil Allamjonov va Dmitriy Liga tahdidlarini mamlakat ichki ishlariga aralashish deb qoraladi. U Ramzan Qodirovni kechirim so‘rashga va (agar u do‘st bo‘lsa) qidiruvdagi ikki fuqaroni topishda yordam berib, ularni O‘zbekistonga topshirishga chaqirdi. gazeta.uz »
Sadir Japarov Duyshonkul Chotonovni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Chotonov ilgari Koreya va Vetnamda ham elchi bo‘lgan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 2000 ta kichik GES qurish uchun istiqbolli joylar aniqlandi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov gidroenergetika salohiyatidan foydalanmaslikni xiyonat deb hisoblashini aytdi. Prezidentning ta’kidlashicha, Ugam daryosida kichik GES qurilishini tashkil qilganida, “hech kim ishonmagan”. gazeta.uz »
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yangi Zelandiya, Bosniya va Gersegovina hamda Venesuelaning O‘zbekistondagi yangi elchilari bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Pergabriyele Papadia de Bottini vazifasini bajarishga kirishdi. U 4-dekabr kuni TIVda vazir Baxtiyor Saidov tomonidan qabul qilindi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda oziq-ovqat eksporti 2023-yilga nisbatan 1,2 barobarga o‘sib, 2 mlrd dollardan oshdi. Ammo 64 ta tumanda eksport 2023-yilga nisbatan kamaygan, undan 17 tasida 50 foizga ham yetmagan. Prezident hokimlarni dunyodagi og‘ir vaziyatni hisobga olib, yangi imkoniyatlarni ishga solish haqida ogohlantirdi. gazeta.uz »
Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U mazkur lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelayotgandi. gazeta.uz »
Yandex Maps ilovasida Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarning 3D modellari joylandi. Kompaniya jami O‘zbekistondagi obidalarning 27 ta uch o‘lchamli modelini ishlab chiqdi. gazeta.uz »
YTTB va YIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish uchun asos solingan Sarimay Solar kompaniyasiga 54,6 mln dollargacha mablag‘ ajratdi. gazeta.uz »
YeTTB va YeIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish uchun asos solingan Sarimay Solar kompaniyasiga 54,6 mln dollargacha mablag‘ ajratdi. gazeta.uz »
UNICEF va bolalar ombudsmani O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlil natijalarini taqdim etdi. Unda yutuqlar ham, muammolar ham, jumladan, tibbiyotni moliyalashtirishning yetishmasligi, ta’lim sifati, YTHlarda o‘lim darajasi yuqoriligi, to‘liq bo‘lmagan statistika va boshqalar tavsiflangan. gazeta.uz »
AQSh O‘zbekistondagi ikkita kompaniya - Uzstanex va The Elite Investment Group`ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular Rossiya kompaniyalariga elektr transformatorlarini yetkazib berganlikda ayblangan. gazeta.uz »
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 17:00 holatiga ko‘ra, 19,9 mln nafar saylovchidan 14,2 mln nafari yoki 71,52 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Eng past davomat Toshkent shahrida - 62,39 foiz. gazeta.uz »
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 15:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 12 504 688 nafari yoki 62,70 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. gazeta.uz »
O‘zbekistondagi deputatlar saylovini YXHT DIIHBning 200 dan ortiq qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilari kuzatib bormoqda. Byuro missiyasi rahbari Duglas Ueykning tushuntirishicha, ularning vazifasi “saylov YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini” baholashdan iborat. gazeta.uz »
Asadjon Xodjayevga ko‘ra, matbuot erkinligini baholaydigan xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tashqaridan turib, chop etilgan turli materiallar orqali o‘z fikrini shakllantiradi. Ular so‘rovnoma va o‘rganishlarini O‘zbekiston ichida tatbiq etish uchun mamlakatga taklif etilgan, ammo ular rozilik bildirmagan. gazeta.uz »
Tamer Fathi Abdussalam Hammad Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. gazeta.uz »
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. gazeta.uz »
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, foydalanilmayotgan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »
Saneg neft-gaz kompaniyasi 2024-yil boshida Saneg Atom shu’ba korxonasini tashkil etdi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “ushbu yo‘nalishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida” O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud vaziyat tahlil qilinmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bepul fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada vazir Hilola Umarova va Kokoro lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida kelishuv imzolandi. gazeta.uz »
Transport vazirligi va Koreya aviatsiya ma’muriyati ikki davlat o‘rtasida belgilangan aviakompaniyalar soniga cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqadi. Uzbekistan Airways va Qanot Sharq bilan bir qatorda Air Samarkand va yuk tashuvchi My Freighter ham Janubiy Koreyaga parvoz qila oladi. gazeta.uz »
YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini boshladi. gazeta.uz »
Rahbarlar kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘ladi, dedi prezident. Endi viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktirilishi ma’lum qilindi. gazeta.uz »
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Toyvo Klaar o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Uni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qutladi. So‘nggi yetti yilda u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan. gazeta.uz »
Amerikalik 20 nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun keldi. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda. gazeta.uz »
Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi. Bu borada Oliy ta’lim vazirligi va Qatarning Education above all fondi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha xarajatlarining katta qismini Qatar tomoni qoplaydi. gazeta.uz »
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklaridagi 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi. gazeta.uz »
Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. U bungacha Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan. gazeta.uz »
Markaziy saylov komissiyasi barcha siyosiy partiyaga Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida qatnashish uchun ruxsat berdi. gazeta.uz »
BMT Taraqqiyot dasturi tizimida 25 yildan ortiq tajribaga ega Akiko Fujii BMTTDning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili etib tayinlandi. U avval Maldiv orollaridagi doimiy vakil hamda Vetnam va Fijidagi ko‘p davlat idorasida doimiy vakil o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi Knauf Gips Buxoro gipsokarton bozorida 40 foizdan ortiq ulush bilan ustun mavqega ega ekanini ma’lum qildi. Endi kompaniya ustun mavqei tan olingan kompaniyalar reyestriga kiritilishi, so‘ngra monopol narxlardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni nazorat qilishi kerak. gazeta.uz »
Parij olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorova g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U oltin medali O‘zbekistonda ayol sportchilarga katta yo‘l ochishiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish uning missiyasi ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning yangi tayinlangan elchisi Manfred Hutererdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. gazeta.uz »
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonning Buxoro viloyatidagi ikkita shamol elektr stansiyasining 35 foiz ulushini sotdi. Xaridor China Southern Power Grid International bo‘ldi. gazeta.uz »
2020-yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini tugatmoqda. gazeta.uz »
2021-yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian diplomatik missiyasini yakunladi. gazeta.uz »