Ðåçóëüòàòîâ: 178

O‘zbekistondagi falastinliklarga yordam fondi tuziladi va individual yordam rejalari ishlab chiqiladi

Prezidentning mamlakatga kelgan Falastin fuqarolariga doimiy g‘amxo‘rlik va ijtimoiy qo‘llov ko‘rsatish to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, yordamni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etilgan. gazeta.uz »

2025-8-15 16:51

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez faoliyatini yakunlamoqda

2021-yilning oktabridan buyon Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oreliya Bushez mamlakatdagi faoliyatini yakunlamoqda. “So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiyaning ikki tomonlama aloqalari mislsiz dinamikani namoyon etdi”, - deb yozdi u bilan uchrashgan tashqi ishlar vaziri Saidov. gazeta.uz »

2025-8-12 11:36

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda

2020-yildan beri Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlab kelgan Nikolay Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda. “Chuqur motivatsiya va bor kuchim bilan Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shdim”, - deb yozdi u. gazeta.uz »

2025-7-21 14:34

Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilishda davom etmoqda

Xitoy O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda Milliy statqo‘m. 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi 16,6 mingdan ortiq korxona ro‘yxatga olingan - o‘tgan yilga nisbatan 20% ko‘p. gazeta.uz »

2025-7-14 17:01

Yandex Go’ning O‘zbekistondagi haydovchi, kuryer va hamkorlari 2024-yilda $530 mln ishlab topdi — agregator

O‘zbekistonda Yandex Go orqali ishlovchi haydovchilar, kuryerlar va hamkorlar 2024-yilda qariyb 530 mln dollar ishlab topdi, 2025-yilning birinchi yarmida esa 340 mln dollar - bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50% ko‘p, dedi Gazeta’ga Yandex Uzbekistan bosh direktori Izzat Shukurov. gazeta.uz »

2025-7-3 21:21

O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi

O‘zbekistonda o‘rmon va yaylovlardan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yerlar ajratiladi. Prezident zaxira bo‘lgan o‘rmon yerlaridan yetarlicha foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tdi. “Shuncha resurs bilan go‘shtga bo‘lgan ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, eksportga ham chiqsak bo‘ladi-ku!” - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-6-16 10:21

YeTTB O‘zbekistondagi nasos stansiyalari modernizatsiyasi uchun 250 mln dollargacha suveren kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston bo‘ylab 110 ta sug‘orish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun 250 mln dollargacha suveren kredit ajratadi. Loyiha doirasida 10 ta hudud qamrab olinishi, uning natijasida yiliga 251 ming megavatt soat elektr energiyasi tejalishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-6-13 09:20

O‘zbekistondagi yana 9 noyob daraxt MonumentalTrees xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan 100 dan 1000 yoshgacha bo‘lgan 9 ta noyob daraxt MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga kiritildi. Mamlakat umumiy hisobda 17 ta daraxt bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur xalqaro ro‘yxatga o‘z tabiiy meros obyektlarini kiritgan birinchi davlat bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-4-25 22:17

Toni Bler instituti O‘zbekistondagi islohotlarga maslahat yordamini ko‘rsatadi

Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti rahbari Toni Bler bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yirik sarmoyadorlarni jalb etish, raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama etildi. gazeta.uz »

2025-4-10 12:42

Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistondagi madaniy meros obyektlariga jiddiy ziyon yetkazmoqda

Iqlim o‘zgarishi madaniy meros obyektlariga ham katta zarar yetkazyapti. Madaniy meros agentligiga ko‘ra, sho‘rlanish, yomg‘ir va qor tufayli asosan, arxeologik yodgorliklar ziyon ko‘rmoqda. Bularning oldini olish uchun xitoylik olimlar bilan hamkorlik qilinib, konservatsiya va restavratsiya ishlari olib borilyapti. gazeta.uz »

2025-4-2 15:52

O‘zbekistondagi kichik AES narxi 2 mlrd dollardan oshmaydi — “O‘zatom” rahbari

“O‘zatom” rahbari O‘zbekistondagi kichik AESning qiymati 2 mlrd dollardan past bo‘lishini ma’lum qildi. Loyiha Rossiya mablag‘larini jalb qilmasdan, tashqi investitsiyalar va Xitoyning imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan, dedi u. Ular davlat budjetini minimal darajada ishlatmoqchi. gazeta.uz »

2025-3-24 13:06

“O‘zatom” rahbari: Rossiyaning O‘zbekistondagi kichik AES reaktori — tajriba emas, balki sinovdan o‘tgan texnologiya

O‘zbekistonda kichik AESni qurish uchun Rossiya texnologiyasini tanlash 2018-yildagi kelishuv va sinovdan o‘tgan yechimlarning mavjudligi bilan bog‘liq, dedi “O‘zatom” rahbari. Unga ko‘ra, mamlakat tajriba uchun poligon bo‘lmaydi - Rossiyaning suv-suvli yadroviy reaktori quruqlikdagi stansiyalar uchun moslashtirilgan. gazeta.uz »

2025-3-24 23:12

O‘zbekistondagi 250 mingta uy va obyekt quyosh panellari bilan jihozlanadi — Bosh prokuratura

2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. gazeta.uz »

2025-1-31 10:34