Ðåçóëüòàòîâ: 1085

“U bilan hammasi tugadi. Odamlar undan nafratlanmoqda”. Qanday qilib Ilon Mask Oq uyni jimgina tark etdi?

Yaqindagina AQShda ikkinchi eng qudratli shaxs deb ko‘rilayotgan Ilon Mask Oq uyni jimgina tark etdi. Saylov oldidan Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun millionlar sarflagan Mask DOGE bilan muvaffaqiyatsizlikka uchradi, o‘z reputatsiyasini barbod qildi, biznesiga zarar yetkazdi. U siyosiy arenadan nega yo‘qolib qoldi? gazeta.uz »

2025-5-26 19:52

O‘zbekiston Vengriya bilan ijtimoiy himoya, soliq va hududlarni rivojlantirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashadi

O‘zbekiston prezidenti Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar, xususan, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-5-20 16:25

O‘zbekiston gimnastikachilari Jahon kubogi bosqichini 10 ta medal bilan yakunladi

Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 2 oltin, 5 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yakkalik mashqlarda Taxmina Ikromova Olimpiada chempionini yengib, birinchi o‘rinni egalladi, guruh mashqlarida o‘zbekistonlik gimnastikachilar ikkinchi o‘rindan joy oldi. gazeta.uz »

2025-4-28 13:15

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan mehnat migratsiyasi va vizani soddalashtirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Koreya elchisi Von Do Yon o‘zbekistonliklarning Koreyadagi bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi choralarni muhokama qildi. Muloqotda viza talablarini soddalashtirish, kadrlar tayyorlash va ta’lim dasturlarini kengaytirish kabilar ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2025-4-19 13:25

“O‘zbekkosmos” SpaceX bilan ilmiy-texnologik sputnik uchirish imkoniyatlarini muhokama qildi

“O‘zbekkosmos” SpaceX bilan o‘zbekistonlik yosh muhandislar yig‘ishni rejalashtirayotgan ilmiy-texnologik sun’iy yo‘ldoshni uchirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Delegatsiya AQShga tashrifi doirasida Space Symposium’da ishtirok etib, Kaliforniyada sputniklar orqali suv iste’moli nazorati usullari bilan ham tanishdi. gazeta.uz »

2025-4-18 20:57

Prezident Andijon viloyatida 2025-yilda amalga oshiriladigan rejalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi mo‘ljallangan maqsadlar bilan tanishdi. Viloyatda 5,7 mlrd dollarlik 166 ta investitsiya loyihasini amalga oshiriladi. Yil oxirigacha 305 ming kishining bandligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Iqtisodiy o‘sish 5,5 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-4-15 15:57