Ðåçóëüòàòîâ: 1045

O‘zbekiston Fransiya bilan Surxondaryoda suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzoladi

“O‘zsuvta’minot” va Fransiyaning Suez kompaniyasi o‘rtasida Surxondaryo viloyatida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzolandi. 8,3 mln dollarlik loyiha ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlashni boshqarish bo‘yicha raqamli yechimlarni joriy qilishni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »

2025-3-13 14:02

O‘zbekistonda italiyalik investorlar bilan nok, yong‘oq va pomidorni qayta ishlash korxonalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda Italiya investorlari ko‘magida nok, yong‘oq va pomidor yetishtirish hamda qayta ishlash zavodlarini ochish reja qilinmoqda. Qolaversa, qattiq bug‘doydan makaron ishlab chiqaradigan zavod qurish, Yaponiya bilan hamkorlikda Sirdaryoda kivini tajriba tariqasida yetishtirish masalalari ham muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-3-4 11:09

Muvaffaqiyatsiz muzokara: Tramp va Zelenskiyning Oq uydagi uchrashuvi janjal bilan yakunlandi. Asosiy ma’lumotlar

Tramp va Zelenskiyning Vashingtondagi uchrashuvida AQSh va Ukraina o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolanishi kerak edi. Ammo ziddiyatli suhbatdan so‘ng Zelenskiy Oq uydan erta chiqib ketdi, Tramp esa uning “tinchlikka tayyor bo‘lganida qaytishi mumkinligini” aytdi. gazeta.uz »

2025-3-1 04:26

O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada viza bilan bog‘liq firibgarlikka uchramoqda — Bosh konsulxona

Istanbuldagi Bosh konsulxonaga ko‘ra, Turkiyada ayrim shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga AQShga yuborish va Yevropa vizalarini rasmiylashtirishni va’da qilib, firibgarlik sodir etmoqda. “Bunga ishongan fuqarolarimiz Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bo‘lmoqda”, - deyiladi ogohlantirishda. gazeta.uz »

2025-2-27 20:00

“Muammolar yechimi bo‘yicha kelishib oldik”: O‘zbekiston Pokiston bilan Transafg‘on temiryo‘li masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Pokiston bilan Transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha muammoli masalalarni ochiq muhokama qildi va ularni hal etish bo‘yicha kelishib oldi, dedi prezident. Mamlakatlar birgalikda Afg‘onistondagi infratuzilmani yaxshilaydi va Mozori Sharif - Xarlachi temiryo‘li TIAni ishlab chiqish uchun mablag‘ ajratadi. gazeta.uz »

2025-2-27 18:44

“Iqtisodiyotlarimiz bir-birini to‘ldirishga qodir” — Shavkat Mirziyoyev Pokiston bilan hamkorlik haqida

O‘zbekiston-Pokiston biznes forumida ikki davlat rahbarlari ishtirok etdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning “lokomotivi” sifatida belgilangani ta’kidlandi. “Ulkan salohiyatga ega bo‘lgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini to‘ldirishga qodir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev forumda. gazeta.uz »

2025-2-26 14:35

Vensning nutqi va Zelenskiyning chaqirig‘i. Myunxen konferensiyasi nimasi bilan yodda qoldi?

Kuni kecha yakunlangan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi, birinchi navbatda, AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning nutqi bilan esda qoldi, unda u Yevropani demokratik qadriyatlardan chekinishda aybladi, bu esa yevropalik siyosatchilarni hayratda qoldirdi. Forumning asosiy voqeliklari - “Gazeta.uz” obzorida. gazeta.uz »

2025-2-18 17:52

“O‘zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan 100 foiz ta’minlashning imkoni yo‘q” — “O‘zsuvta’minot”

“O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, aholini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash imkonsiz. Ammo 2035-yilgacha bu ko‘rsatkichni 95 foizga yetkazish reja qilingan. “Qolgan 5 foizi olis va tog‘li, tarmoq tortish ishlari texnik va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan hududlarga to‘g‘ri keladi”, - dedi tashkilot vakili. gazeta.uz »

2025-2-15 10:44

Putin bilan uchrashuv Saudiya Arabistonida o‘tishi mumkin, Kiyevning NATOga a’zoligi “ehtimoldan yiroq”. Tramp — Ukrainadagi urush tugashi haqida

Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini “real” deb hisoblamasligini aytdi va mamlakatning 2014-yilgi chegaralariga qaytishini “ehtimoldan yiroq” deya atadi. gazeta.uz »

2025-2-13 14:13

Zelenskiy Rossiya bilan hudud almashish haqida gapirgandi. Kreml bunday variantni rad etdi

Vladimir Zelenskiy muzokaralarda Kursk viloyatining Ukraina nazoratidagi bir qismini Ukrainaning Rossiya anneksiya qilgan hududlari bilan almashtirishni taklif qilmoqchi ekani haqida gapirgandi. Kremlga ko‘ra, “bu imkonsiz: Rossiya hech qachon o‘z hududini ayirboshlash mavzusini muhokama qilmagan va qilmaydi”. gazeta.uz »

2025-2-12 15:15