Ðåçóëüòàòîâ: 1085

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlik va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-8-5 20:09

O‘zbekistonda BHM o‘sishi bilan 1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar ham oshadi

1-avgustdan O‘zbekistonda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun yangi jarima miqdorlari amalga kiritiladi: chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash uchun jarima - 412 ming so‘mdan, xazonlarni yoqish - 1,2 mln so‘mdan, daraxtlarni kesish - 10,3 mln so‘mdan boshlanadi. Bu BHM oshishi bilan bog‘liq. gazeta.uz »

2025-7-31 14:38

O‘zbekistonda ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grantlar pasporti tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, BHMning 60 baravarigacha miqdordagi ijtimoiy yordam “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-7-29 10:10

G‘arbning maslahatlariga quloq tutganimizda, kamida ikki qo‘shnimiz bilan urishayotgan bo‘lardik — Ilhom Aliyev

Ilhom Aliyev G‘arbdagi jamoatchilik fikri va OAVning ta’siri Ozarbayjonga nisbatan “o‘ta salbiy va adolatsiz” ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, aslida mamlakatning “haddan tashqari mustaqil siyosat olib borayotgani va ko‘rsatmalarga quloq solmayotgani G‘arbdagi ayrim doiralarning hafsalasini pir qilgan”. gazeta.uz »

2025-7-23 09:06

Savdogarlar buyurtmasi bilan Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib o‘tgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyatida jami qiymati 5,2 milliard so‘mlik 4,1 kg oltinni Qirg‘izistondan olib kelgan shaxsni ushladi. U savdogarlar tomonidan Turkiyadan Qirg‘izistonga olib kelingan ushbu zargarlik buyumlarini xizmat haqi evaziga chegara bojxona postidan o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-7-18 10:23

Jazirama bilan bog

Jahon banki tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekistonda jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar har 100 ming kishiga 19 tadan 21 tagachani tashkil etmoqda. 2090-yilga borib, O‘zbekistonda issiq havo tufayli yiliga 10 mingdan 23 minggacha kishi vafot etishi mumkin. Boshqa prognozlar. gazeta.uz »

2025-7-16 11:42

Mobiuz Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan tarifni o‘zgartirishdagi cheklovni olib tashladi

Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan Mobiuz operatori “Mazza!” tarif rejasiga o‘tishdagi cheklovlarni olib tashladi. Iste’molchilar, shuningdek, oylik abonent to‘lovi uchun hisobda mablag‘ yetishmaganida kunlik to‘lovga o‘tish mumkinligidan xabardor qilinmagan. Operator bu borada saytida e’lon joylashtirdi. gazeta.uz »

2025-7-15 14:58

Prezident Afg‘oniston bilan chegaraoldi savdo va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi savdo va tegishli infratuzilma, qazib chiqarish, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Shavkat Mirziyoyev va Mulla Abdul G‘ani Barodar Xonkendidagi uchrashuvda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-7-3 16:57

“Qatar bilan o‘yin kerak emas… Tarixni bugun yaratinglar”. BAAga qarshi o‘yindan avval O‘zbekiston MTJ kiyinish xonasida nimalar deyilgan?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi BAAga qarshi o‘yini oldidan kiyinish xonasida futbolchilarga nimalar deyilgani e’lon qilindi. Masharipov Qatar bilan o‘yin kerak emasligini aytgan bo‘lsa, Kapadze tarixni bugun yaratish kerakligini ta’kidlagan. gazeta.uz »

2025-7-3 08:58