Ðåçóëüòàòîâ: 1085

Prezident metallurgiya korxonalarining transformatsiya dasturlari bilan tanishdi

Prezidentga metallurgiya korxonalari, jumladan, OKMK, NKMK, metallurgiya kombinatining transformatsiya dasturlari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yilda sohaga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilib, kaolin va ko‘mir ishlab chiqarishni oshirish rejalashtirilmoqda. NKMK yana 500 mln dollarlik yevrobondlar chiqaradi. gazeta.uz »

2024-12-3 21:21

Deputatlar Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiyaladi

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. TIV rahbari o‘rinbosari Ilxom Xaydarov Tojikistonning KXShTga a’zoligi O‘zbekistonning milliy manfaatlariga daxl qilmasligini aytdi. gazeta.uz »

2024-11-27 21:10

Prezident Samarqand viloyatini iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalar bilan tanishdi. 2025-yilda 1,8 mlrd dollar investitsiya jalb qilish orqali 20 ming ish o‘rni yaratish, zaxiradagi yerlarda sanoat zonalari tashkil etish, yaylovlarni turistik hududga aylantirish - shular jumlasidan. gazeta.uz »

2024-11-21 22:55

“YI barcha mavjud vositalar bilan O‘zbekistonga ko‘mak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barcha mavjud vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deb ta’kidladi elchi Toyvo Klaar. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi “yaqin kelajakda” Bryusselda, YI-Markaziy Osiyo birinchi sammiti esa 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin. gazeta.uz »

2024-11-7 13:56

Tegishli huquqi yo‘q shaxslarning xalq tabobati bilan shug‘ullanishiga javobgarlik belgilandi

Prezident xalq tabobati sohasida ishlash huquqi yo‘q shaxslar tomonidan tashxis qo‘yish va davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilaydigan qonunni imzoladi. Bundan tashqari, xalq tabobatida ruxsat etilmagan usullardan foydalangan holda bunday xizmatlarni reklama qilish taqiqlandi. gazeta.uz »

2024-11-7 08:31

O‘zbekiston Xitoy bilan kichik yadroviy reaktorlarni qo‘llash va uranni qayta ishlashni o‘rganadi

O‘zbekiston va CNNC kompaniyasi O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli yadroviy reaktorlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Ikki davlat delegatsiyalari uran rudasini qazib olish quvvatlarini kengaytirish, uni qayta ishlash va keyinchalik yoqilg‘idan AESlarda foydalanish masalalarini ham muhokama qildi. gazeta.uz »

2024-11-4 18:39

“Budjetga tushumlarni oshirish bilan birga xarajatlarni optimallashtiramiz”. Prezident 2025-yilgi davlat budjeti haqida gapirdi

Prezident 2025-yilgi budjet parametrlarini muhokama qildi. Unda raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida xarajatlarni optimallashtirish va daromadni oshirish muhimligi aytildi. Eksportni 25 foizga yetkazish, mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash reja qilindi. Yangi yilda 78 tuman o‘zini o‘zi qoplashga o‘tadi. gazeta.uz »

2024-10-18 09:38

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2024-10-17 17:32