Ðåçóëüòàòîâ: 1085

Toshkentdagi Rustaveli ko‘chasining rekonstruksiya loyihasi mualliflari bilan suhbat: munozarali yechimlarga javoblar

Shota Rustaveli ko‘chasining rekonstruksiyasi boshlandi. Shahar ahlida loyihadagi yechimlar: yerosti piyodalar o‘tish joylarini takrorlash, yo‘laklar kengligi, ko‘cha markazidagi maxsus yo‘lak bo‘ylab jamoat transporti harakatiga doir ko‘plab savollar bor. Gazeta bu savollarni loyiha mualliflariga berdi. gazeta.uz »

2025-6-28 18:11

“YeOII bilan hamkorlik — tashqi iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri” — O‘zbekiston prezidenti

O‘zbekiston proteksionizm va sanksiyalar siyosati kuchayishining salbiy oqibatlarini to‘liq his qilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq mamlakatlari bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. gazeta.uz »

2025-6-27 16:15

BYD: Nokia’ni batareya bilan ta’minlashdan Tesla’ni ortda qoldirishgacha bo‘lgan yo‘l

30 yil avval hammasini telefonlar uchun batareya ishlab chiqarishdan boshlagan Xitoyning BYD kompaniyasi 2025-yilga kelib Yevropadagi sotuvlari bo‘yicha Tesla’ni ortda qoldirdi. Iyun oyida mazkur kompaniyaning shtab-kvartirasida bo‘lgan Gazeta muxbiri uning shu kungacha bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-6-27 11:23

“Yo‘l infratuzilmasidagi muammolar faqat raqamlar emas, inson hayoti bilan bog‘liq”. “Yuksalish” yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolarni o‘rgandi

Minglab yo‘l belgilari va yuzlab svetoforlar o‘rnatilgani haqida hisobotlar berilmoqda, ammo bu yo‘llarni xavfsizroq qilmayapti. “Yuksalish” harakati infratuzilmaga oid qator qoidabuzarliklar: yo‘l va trotuarlarning yomon holati, bitmagan ishlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun noqulaylik kabilarni aniqladi. gazeta.uz »

2025-6-25 14:02

O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Migratsiya agentligi raisi Behzod Musayev Shvetsiya migratsiya vaziri bilan noqonuniy migratsiyaning oldini olish, tashkillashtirilgan tizim yaratish, shved mehnat bozoriga o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalarni boshlash masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida qo‘shma deklaratsiya imzolandi. gazeta.uz »

2025-6-25 09:28

Ñïîðò êóðàøëàðè: ¢çáåêèñòîíëèê ñïîðò÷èëàð Îñè¸ ÷åìïèîíàòèíè 7 òà ìåäàëü áèëàí áîøëàøäè

Äàñòëàáêè êóíäà ¡çáåêèñòîí òåðìà æàìîàñè àúçîëàðè 1 òà îëòèí, 2 òà êóìóø âà 4 òà áðîíçà ìåäàëèãà ñàçîâîð á¢ëèøäè. ru.sputniknews-uz.com »

2025-6-24 12:33

Ìèðçè¸åâ Ê¢êäàëà òóìàíè ìàðêàçèäàãè áóí¸äêîðëèê èøëàðè áèëàí òàíèøäè

Ïðåçèäåíò Ê¢êäàëàäàãè áóí¸äêîðëèê, áóíäàé ÿõëèò âà ìóòàíîñèá øàðîèòëàð áàð÷à òóìàíëàð ó÷óí íàìóíà ýêàíèíè òàúêèäëàäè. ru.sputniknews-uz.com »

2025-6-21 08:08

1-yanvardan yangi davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yilga tuziladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab yangi davlat xizmatchilari bilan dastlab 1 yillik mehnat shartnomasi tuziladi, faoliyatining ijobiy natijalari bo‘lsa, u doimiy shartnomaga aylantiriladi. Iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash hamda tanlash bo‘yicha “TOP-100” dasturi joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-6-20 14:57

Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi Dreamliner aviahalokati munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Ahmadobod shahrida yuz bergan Dreamliner samolyoti aviahalokati sababli Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi. O‘zbekiston TIV dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur reysda o‘zbekistonliklar bo‘lmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-6-12 14:46

Slovakiya O‘zbekiston bilan o‘q-dori ishlab chiqarish va tanklarni modernizatsiyalashdagi hamkorlikni muhokama qildi

Slovakiya O‘zbekiston bilan birgalikda o‘q-dori ishlab chiqarish va harbiy texnikani modernizatsiya qilishdan manfaatdor, dedi bosh vazir Robert Fitso Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng. “Bu yerda Slovakiya kompaniyalari uchun imkoniyatlar juda katta - hatto biz tasavvur qilganimizdan ham ko‘proq”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-6-10 11:24

Shavkat Mirziyoyev Saudiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston muftiysi bilan gaplashdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Haj ziyorati uchun Makkada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga boshchilik qilayotgan Musulmonlar idorasi raisi shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali gaplashdi. Hojilarimiz O‘zbekistonga qaytgach, tinchlik va ma’naviyatimiz targ‘ibotchilari bo‘ladi degan umiddaman, dedi prezident. gazeta.uz »

2025-5-31 19:52

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning Italiya bilan xavfsizlik va iqtisodiyot bo‘yicha hamkorligini kengaytirishga chaqirdi

Prezident “MA-Italiya” sammitida terrorizm va noqonuniy migratsiya bilan kurashda maxsus xizmatlar hamkorligini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Boshqa tashabbuslar: dekarbonizatsiya bo‘yicha ko‘p tomonlama platforma ishga tushirish, Italiya kompaniyalarini vodorod loyihalari va YeIga yashil energiya eksportiga jalb qilish. gazeta.uz »

2025-5-30 18:22

O‘zbekiston Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushiradi

Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni o‘zbek eksportchilarni Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqishi uchun o‘qitish, Toshkentda qo‘shma Sertifikatlashtirish markazini tashkil etish, Texnologik sheriklik dasturini yo‘lga qo‘yish va investitsiya fondini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-5-29 12:48