Ðåçóëüòàòîâ: 1045

Prezident ta’lim xodimlari bilan muloqotda so‘zga chiqqan ikki qizni davlat idoralariga ishga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev o‘z takliflarini ilgari surgan 2 nafar qizni davlat idoralariga ishga taklif qildi. Ulardan biri maktabdagi maslahatchilarni grant takliflarini tayyorlash kurslarida o‘qitishni, ikkinchisi esa eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini taklif qildi. gazeta.uz »

2025-9-16 12:57

Yaponiya O‘zbekiston bilan “yashil” transformatsiya yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlamoqchi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya so‘nggi uch yil ichida Markaziy Osiyoga, jumladan, O‘zbekistonga birinchi bor tashrif buyurdi. Tokio Toshkent bilan investitsiyalar, raqamlashtirish, dekarbonizatsiya va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish niyatini tasdiqladi. gazeta.uz »

2025-8-29 14:59

Rossiyada muhojirlarga soxta hujjatlar tayyorlab berish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi qamaldi

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida muhojirlarga qalbaki hujjatlar tayyorlab berish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi 1 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi. U sherigi bilan pasportlarga Rossiya davlat chegarasidan o‘tganlik haqida soxta muhr va sana qo‘ygan, shuningdek, migratsiya kartalarini soxtalashtirgan. gazeta.uz »

2025-8-29 12:04

Turkiyadagi pichoqlanish bilan bog‘liq holatda O‘zbekiston fuqarolari qatnashmagan — Bosh konsulxona

Turk OAVda Aksaray viloyatida 13 yoshli yigit opasining sevgilisini pichoqlagani, ular o‘zbekistonlik ekani haqida yozdi. Istanbuldagi Bosh konsulxonaning aniqlik kiritishicha, voqea ishtirokchilarining hech biri O‘zbekiston fuqarosi emas. Vatandoshlardan mahalliy qonunlarga rioya etish so‘raldi. gazeta.uz »

2025-8-27 11:50

Prezident tadbirkorlar bilan o‘tgan ochiq muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

ITIM e’lon qilgan lingvistik tahlilga ko‘ra, Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot vaqtidagi nutqida Shavkat Mirziyoyev 4241 ta so‘z ishlatdi. Eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “tadbirkor”, “biznes”, “korxona”, “soliq”, “investitsiya”, “loyiha”, “kredit”, “tizim”, “sharoit” va boshqalar bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-8-21 10:48