Ðåçóëüòàòîâ: 1085

“U pedofil emas”. Guvoh Ohangaronda PPX xodimi bilan sodir bo‘lgan voqea haqida gapirib berdi

Toshkent viloyatida PPX xodimi bilan sodir bo‘lgan voqea guvohi o‘shanda nima bo‘lganini aytib berdi. “U pedofil emas. Tegajog‘lik qilgan bo‘lganda, o‘zim yozib yuborardim”, dedi guvoh. Uning aytishicha, videomurojaatdagi yigit aslida qizning akasi emas, yigiti hisoblanadi va qizni doimiy nazorat qilib keladi. gazeta.uz »

2026-5-1 08:53

Nemolchi.uz: Xorazmda voyaga yetmagan qizni jinsiy ekspluatatsiya qilgan qo‘shmachi qamaldi, qiz bilan bo‘lgan erkaklar esa jazosiz qoldi

Xorazmda voyaga yetmagan qiz fohishalikka majburlangani bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shmachi ayol 6 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Nemolchi.uz qiz bilan jinsiy aloqa qilgan erkaklar va uning qo‘shmachi bilan yashayotganidan xabardor bo‘lgan mahalla inspektori jazosiz qolganiga e’tibor qaratdi. gazeta.uz »

2026-4-30 09:33

Toshkentda yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan avtobus haydovchisi ishdan olindi

Toshkentda yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan 11-sonli avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, sinov muddatida ishlayotgan xodim texnik nosozlik vaqtida yo‘lovchilarning haqli e’tirozlariga baqirib javob qaytarib, jamoat transporti madaniyatini buzgan. gazeta.uz »

2026-4-29 14:19

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan savdo qilish uchun logistika imkoniyatlarini qanday kengaytirmoqchi?

Transport yo‘laklarining tirbandligi, jumladan, Sariag‘ash-Toshkent yo‘nalishidagi yuklama Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanishi o‘sishini cheklamoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangaringa ko‘ra, marshrutlarni yengillatish maqsadida hozirda aylanma yo‘l va yangi temiryo‘l tarmog‘i qurilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-24 18:12

Toshkentni aylanib o‘tish: Qozog‘iston O‘zbekiston bilan savdo uchun logistika imkoniyatlarini qanday kengaytirmoqchi?

Transport yo‘laklarining tirbandligi, jumladan, Sariag‘ash-Toshkent yo‘nalishidagi yuklama Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanishi o‘sishini cheklamoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangaringa ko‘ra, marshrutlarni yengillatish maqsadida hozirda aylanma yo‘l va yangi temiryo‘l tarmog‘i qurilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-23 18:12

Shavkat Mirziyoyev: “Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin”

Dunyoning ayrim mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar cheklangani va ijtimoiy tengsizlik sababli giyohvand moddalar yetishtirish davom etmoqda, dedi prezident. U bunday hududlar iqtisodiyoti va rivojlanishiga investitsiyalar kiritish orqali yordam berishni butun xalqaro hamjamiyatning umumiy mas’uliyati, deb atadi. gazeta.uz »

2026-4-20 10:28

“O‘zbekistonning boshqa biror davlat bilan bunday ko‘rsatkichi yo‘q”. Bosh vazir — Rossiya bilan aviaqatnovlar haqida

2025-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13 mlrd dollardan oshgan, 2026-yilning dastlabki ikki oyida esa yana 30 foizga ko‘paygan, dedi Abdulla Aripov. Tomonlar sanoat, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish orqali ko‘rsatkichni 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi. gazeta.uz »

2026-4-14 09:55

AQSh Eron bilan urushda yordam bermagan NATO davlatlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni ko‘rib chiqmoqda — WSJ

Tramp ma’muriyati Eron bilan urushda AQShga yetarlicha yordam bermagan NATO davlatlaridan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ittifoqchilardan norozi bo‘lgan Tramp avvalroq alyansdan butunlay chiqib ketish bilan tahdid qilgandi. Uning “ko‘ngli qolgan” a’zolar qatorida Ispaniya bor. gazeta.uz »

2026-4-9 15:23

Fuqarolarning davlat organlariga murojaatlari bilan ishlash tizimi qanday o‘zgarmoqda?

Prezident davlat organlarining aholi bilan muloqoti samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Xalq qabulxonasi davlat organlariga ko‘rsatmalar berish, ulardan ma’lumotlar so‘rash va talablar bajarilmasa materiallarni prokuraturaga yuborishi mumkin. Onlayn murojaatlar muddati nazorat qilinadi. gazeta.uz »

2026-4-7 12:02

“Ikkita natija uchun o‘ynadim”. Javohir Sindarov — Karlsen bilan taqqoslanishi va Nomzodlar turniridagi rekord haqida

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Anish Giriga qarshi hatto teng pozitsiyada ham g‘alaba uchun o‘ynashga harakat qilganini bildirdi. Nomzodlar turniridagi peshqadamlikka qaramay, u bu holatga katta ahamiyat bermayapti. “Natijalar haqida o‘ylashga energiyam yo‘q”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-4-6 07:45