Ðåçóëüòàòîâ: 1045

Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun aldov yo‘li bilan shartnoma tuzdirilgani aytilgan O‘zbekiston fuqarosiga yordam berildi

O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyadagi tergov hibsxonasida RF Qurolli kuchlari safida xizmat qilish shartnomasiga aldov yo‘li bilan imzo chektirilgani aytildi. Murojaatdan so‘ng Sankt Peterburgdagi Bosh konsulxona ishga aralashdi va fuqaroning xizmat qilishga qarshiligi inobatga olinib, shartnoma tuzilmaydigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-11-13 08:24

O‘zbekiston Siemens Energy bilan gaz-transport tizimini elektrlashtirishni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston energetika sohasida AQSh va boshqa mamlakatlar kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda, dedi energetika vaziri. Xususan, Schlumberger bilan qazish, Honeywell bilan avtomatlashtirish, Siemens Energy bilan esa gaz-transport tizimini elektrlashtirishda hamkorlik qilinadi. gazeta.uz »

2025-11-11 16:53

“AQSh bilan hamkorligimiz kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida qurilishi lozim” — SMTI direktori

Markaziy Osiyo davlatlarining AQSh bilan hamkorligi “kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida - taraqqiyot, barqarorlik va farovonlik uchun” qurilishi kerak. Bu haqda Vashingtonda nutq so‘zlagan prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-11-9 09:35

“O‘zbekiston bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish mumkin, ammo bu ertaga boshlanmaydi” — YI elchisi

O‘zbekiston va YI viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi mumkin, ammo bu ertangi kun masalasi emas, dedi YIning O‘zbekistondagi elchisi Gazeta’ga. Unga ko‘ra, bu ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanishi va o‘zbekistonliklarning YI davlatlari viza qoidalariga rioya qilishiga bog‘liq. gazeta.uz »

2025-11-7 19:22

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida Kanada bilan muzokaralarni yakunladi

JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga oid protokollarni imzoladi. JST bo‘yicha maxsus vakil Azizbek Urunov jarayonni to‘liq yakunlashda hamon uchta mamlakat qolayotganini aytdi (ular qaysilar ekani noma’lum). gazeta.uz »

2025-11-6 09:12

Firibgarlik bilan jabrlanuvchi nomiga olingan mikroqarzni undan undirmaslik mexanizmi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda firibgarlik bilan jabrlanuvchi nomiga olingan mikroqarzni undan undirmaslik mexanizmini joriy etish taklif qilindi. Shuningdek, shubhali bank hisobvaraqlarini bloklash tunu kun rejimda yo‘lga qo‘yiladi, onlayn-mikroqarz ajratishda firibgarlar ta’sirini cheklovchi himoya tizimlari joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-11-3 14:53

O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasi bilan sanoat va muhim minerallar loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi Amerika delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni, jumladan, xavfsizlik, moliya va muhim minerallar sohalarida rivojlashtirish, Vashingtondagi C5+1 sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-10-27 18:08

O‘zbekiston YI va Panama bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, uchta davlat qoldi

O‘zbekiston va YI JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, deb xabar qildi bosh muzokarachi Azizbek Urunov. Muzokaralar kelgusida a’zolik bayonnomasida mustahkamlab qo‘yiladigan tariflar va xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar va majburiyatlarni o‘z ichiga oldi. Mamlakat Panama bilan ham kelishuvga erishdi. gazeta.uz »

2025-10-24 17:58