Ðåçóëüòàòîâ: 1085

Yaponiya O‘zbekiston bilan “yashil” transformatsiya yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlamoqchi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya so‘nggi uch yil ichida Markaziy Osiyoga, jumladan, O‘zbekistonga birinchi bor tashrif buyurdi. Tokio Toshkent bilan investitsiyalar, raqamlashtirish, dekarbonizatsiya va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish niyatini tasdiqladi. gazeta.uz »

2025-8-29 14:59

Rossiyada muhojirlarga soxta hujjatlar tayyorlab berish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi qamaldi

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida muhojirlarga qalbaki hujjatlar tayyorlab berish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi 1 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi. U sherigi bilan pasportlarga Rossiya davlat chegarasidan o‘tganlik haqida soxta muhr va sana qo‘ygan, shuningdek, migratsiya kartalarini soxtalashtirgan. gazeta.uz »

2025-8-29 12:04

Turkiyadagi pichoqlanish bilan bog‘liq holatda O‘zbekiston fuqarolari qatnashmagan — Bosh konsulxona

Turk OAVda Aksaray viloyatida 13 yoshli yigit opasining sevgilisini pichoqlagani, ular o‘zbekistonlik ekani haqida yozdi. Istanbuldagi Bosh konsulxonaning aniqlik kiritishicha, voqea ishtirokchilarining hech biri O‘zbekiston fuqarosi emas. Vatandoshlardan mahalliy qonunlarga rioya etish so‘raldi. gazeta.uz »

2025-8-27 11:50

Prezident tadbirkorlar bilan o‘tgan ochiq muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

ITIM e’lon qilgan lingvistik tahlilga ko‘ra, Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot vaqtidagi nutqida Shavkat Mirziyoyev 4241 ta so‘z ishlatdi. Eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “tadbirkor”, “biznes”, “korxona”, “soliq”, “investitsiya”, “loyiha”, “kredit”, “tizim”, “sharoit” va boshqalar bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-8-21 10:48

Qozog‘iston bilan chegaradagi “Navoiy” postiga avtomobillarni skanerlovchi inspeksion ko‘rik majmuasi o‘rnatilmoqda

O‘zbekistondagi qator chegara bojxona postlariga yengil avtotransport vositalarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion ko‘rik majmuasi - Z portal qurilmasi o‘rnatilmoqda. Avvalroq bunday qurilma “G‘ishtko‘prik” postiga o‘rnatilgan bo‘lsa, shu kunlarda “Navoiy” postiga o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda. gazeta.uz »

2025-8-13 19:09

“Chegaralarni kuch bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”. YI yetakchilari Tramp va Putin uchrashuvi oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatladi

Yevropa Ittifoqi yetakchilari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi oldidan bayonot berib, Ukraina o‘z kelajagi bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, xalqaro chegaralarni kuch bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi bildirildi. gazeta.uz »

2025-8-11 17:03

Toshkentni barqaror energiya bilan ta’minlash uchun elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinadi

Ikki yil davomida Toshkent shahri elektr ta’minotini modernizatsiya qilish uchun 2,8 trln so‘m yo‘naltirildi, biroq tarmoq va uskunalarning aksariyati eskiligicha qolmoqda. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, tarmoqni yangilashning birinchi bosqichi kuz-qish mavsumi boshlangunga qadar nihoyasiga yetkaziladi. gazeta.uz »

2025-8-9 00:33

Putin Mirziyoyevga AQSh prezidentining maxsus vakili bilan muzokaralar natijalari haqida ma’lumot berdi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSh rahbarining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan muzokaralar yakunlari haqida ma’lumot berdi. Avvalroq ushbu muzokaralarda Rossiya va AQSh “yaqin kunlarda” Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgani xabar qilingandi. gazeta.uz »

2025-8-8 12:42