O‘zbekiston Germaniya bilan migratsiya bitimini tasdiqladi
O‘zbekiston prezidenti Germaniya bilan migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. gazeta.uz »
áèëàí - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
O‘zbekiston prezidenti Germaniya bilan migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. gazeta.uz »
AQSh HAMAS bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazyapti, deb yozmoqda OAV. Tramp, shuningdek, HAMASdan “barcha garovga olinganlarni zudlik bilan qaytarish”ni talab qildi. U “garovga olinganlar ushlab turilsa, G‘azo xalqi o‘lishi”ni ham ta’kidladi. gazeta.uz »
Prezident Shavkat Mirziyoyev bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralari shug‘ullanmasligini aytdi. Ularning o‘rniga endilikda bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli sohalar bilan o‘z kuchi va tizimi bilan shug‘ullanadi. gazeta.uz »
Prezident 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir qator xotin-qizlarni orden va medallar bilan taqdirladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda Italiya investorlari ko‘magida nok, yong‘oq va pomidor yetishtirish hamda qayta ishlash zavodlarini ochish reja qilinmoqda. Qolaversa, qattiq bug‘doydan makaron ishlab chiqaradigan zavod qurish, Yaponiya bilan hamkorlikda Sirdaryoda kivini tajriba tariqasida yetishtirish masalalari ham muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »
Haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun - 21, 22 va 23-mart kunlarida dam oladi. 6 kun ishlaydiganlar esa 22-martda ishlaydi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan 28 nafar xotin-qizni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Ular orasida shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova ham bor. gazeta.uz »
Rossiyaning Primorsk o‘lkasida mushkul ahvolda qolgan ayol va uning ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Ayolning turmush o‘rtog‘i fevral oyida hujjatlaridagi kamchilik sabab deportatsiya qilingan. gazeta.uz »
Tramp va Zelenskiyning Vashingtondagi uchrashuvida AQSh va Ukraina o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolanishi kerak edi. Ammo ziddiyatli suhbatdan so‘ng Zelenskiy Oq uydan erta chiqib ketdi, Tramp esa uning “tinchlikka tayyor bo‘lganida qaytishi mumkinligini” aytdi. gazeta.uz »
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda 2025-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Unga ko‘ra, joriy yilda 3 mln kishini daromadli mehnat bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
Istanbuldagi Bosh konsulxonaga ko‘ra, Turkiyada ayrim shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga AQShga yuborish va Yevropa vizalarini rasmiylashtirishni va’da qilib, firibgarlik sodir etmoqda. “Bunga ishongan fuqarolarimiz Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bo‘lmoqda”, - deyiladi ogohlantirishda. gazeta.uz »
O‘zbekiston Pokiston bilan Transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha muammoli masalalarni ochiq muhokama qildi va ularni hal etish bo‘yicha kelishib oldi, dedi prezident. Mamlakatlar birgalikda Afg‘onistondagi infratuzilmani yaxshilaydi va Mozori Sharif - Xarlachi temiryo‘li TIAni ishlab chiqish uchun mablag‘ ajratadi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida 50-sonli avtobus bilan bog‘liq YTHga uning tormozi ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida 10 ga yaqin yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi, 2 tup daraxt shikastlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda may oyidan mahsulot va xizmatlarni “Halol” sertifikatlash joriy etilmoqda. Biroq sertifikatlashda ishlab chiqarish jarayoni halol deb topilishi lozim (yakuniy mahsulot emas). gazeta.uz »
O‘zbekiston-Pokiston biznes forumida ikki davlat rahbarlari ishtirok etdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning “lokomotivi” sifatida belgilangani ta’kidlandi. “Ulkan salohiyatga ega bo‘lgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini to‘ldirishga qodir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev forumda. gazeta.uz »
“Gazeta. uz” va Yandex Music “Mahallalar musiqasi” nomli loyiha boshladi. Taniqli ijrochilardan qadrdon shaharlari bo‘ylab biz bilan birga sayr qilishni so‘radik. Har bir material ichida sayr xaritasi va qo‘shiqlar ro‘yxati bor. gazeta.uz »
Toshkent shahar IIBB 25-fevral kuni YPX maskanida bir shaxs giyohvandlik moddasi bilan ushlanganini ma’lum qildi. OAVda ushbu shaxs xonanda Shahriyor ekani haqida xabar tarqaldi. Keyinroq IIV matbuot kotibi tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Prezident Guliston shahrini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlashni 1-iyulga qadar yakunlashni topshirdi. Sirdaryo viloyatining 900 gektar yer maydonida sanoat zonalari tashkil qilish rejalashtirilgan. gazeta.uz »
Surxondaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 48 kilogrammdan ortiq narkotik vositalari aniqlanib, musodara qilindi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti O‘mon sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi. Ular parlamentlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentda bo‘lib turgan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari v.b. Abdulg‘ani Barodar bilan muzokara o‘tkazdi. Unda o‘zaro aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlik haqida fikr almashildi. gazeta.uz »
Bosh vazir o‘rinbosari Abdulg‘ani Barodar boshchiligidagi “Tolibon” delegatsiyasi ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bundan ko‘zlangan maqsad siyosiy, iqtisodiy, savdo va tranzit aloqalarini mustahkamlash, Afg‘onistondagi turli sohalarga o‘zbekistonlik investorlarni jalb qilishdan iborat. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Surinam o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Lotin Amerikasi davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan 158-davlat bo‘ldi. gazeta.uz »
Qirg‘iziston Transport vazirligi O‘zbekiston bilan chegaradagi uchta nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalari ustidan transport nazoratini joriy etishni taklif qildi. Qayd etilishicha, bunday nazorat yo‘q punktlarda xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi davlatlararo bitimlar normalari buzilmoqda. gazeta.uz »
Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichi uchun qur’a tashlandi. “Liverpul” chorak final yo‘llanmasi uchun “PSJ” bilan o‘ynaydi. “Real” esa keyingi bosqichga o‘tish uchun Madridning boshqa jamoasi - “Atletiko” bilan bahslashadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston qo‘shinlarida dronlar va ularga qarshi kurashish, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
Haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun - 8, 9 va 10-mart kunlarida dam oladi. 6 kun ishlaydiganlar esa 10-martda ishga chiqadi. gazeta.uz »
9-may kuni bayram salyuti soat 21:00 da Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil qilinishi reja qilinmoqda. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. Ular TDT doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik va ularni o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
Kuni kecha yakunlangan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi, birinchi navbatda, AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning nutqi bilan esda qoldi, unda u Yevropani demokratik qadriyatlardan chekinishda aybladi, bu esa yevropalik siyosatchilarni hayratda qoldirdi. Forumning asosiy voqeliklari - “Gazeta.uz” obzorida. gazeta.uz »
O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimi joriy etiladi. gazeta.uz »
Namangan, Xorazm, Farg‘ona va boshqa hududlarda Haj va Umra ziyoratlariga noqonuniy yuborish holatlari aniqlandi. Tezkor tadbirlarda ziyoratni tashkil qilish bahonasida fuqarolardan yirik miqdorda pul olgan shaxslar ushlandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Kuvaytda mamlakat TIV va IIV rahbarlari bilan qo‘shma investitsiya platformasi hamda ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish, Samarqanddagi MO - Ko‘rfaz sammitiga birga tayyogarlik ko‘rish muhokama qilindi. gazeta.uz »
O‘tgan hafta nafas yo‘llari infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan papa Fransisk kasalxonada qolmoqda. 88 yoshli pontifikning test natijalari “murakkab klinik kartina”ni ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Vatikan. gazeta.uz »
“O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, aholini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash imkonsiz. Ammo 2035-yilgacha bu ko‘rsatkichni 95 foizga yetkazish reja qilingan. “Qolgan 5 foizi olis va tog‘li, tarmoq tortish ishlari texnik va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan hududlarga to‘g‘ri keladi”, - dedi tashkilot vakili. gazeta.uz »
Vladimir Zelenskiy AQShga Ukraina mineral resurslarining 50 foiziga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatni imzolashdan “xushmuomalalik bilan” bosh tortdi. Tramp avvalroq AQSh tinchlik kelishuvi muvaffaqiyatli bo‘lishidan qat’i nazar, Ukraina tabiiy resurslaridan foydalana olishi kerakligini aytgandi. gazeta.uz »
Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari 2030-yilgacha ekin maydonlaridan tashqari yer solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari 2027-yilgacha mol-mulk va foyda solig‘idan imtiyozlarga ega bo‘ladi. gazeta.uz »
Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini “real” deb hisoblamasligini aytdi va mamlakatning 2014-yilgi chegaralariga qaytishini “ehtimoldan yiroq” deya atadi. gazeta.uz »
Vladimir Zelenskiy muzokaralarda Kursk viloyatining Ukraina nazoratidagi bir qismini Ukrainaning Rossiya anneksiya qilgan hududlari bilan almashtirishni taklif qilmoqchi ekani haqida gapirgandi. Kremlga ko‘ra, “bu imkonsiz: Rossiya hech qachon o‘z hududini ayirboshlash mavzusini muhokama qilmagan va qilmaydi”. gazeta.uz »
Jomboy tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi. Holat avtobus haydovchisining tezlikni me’yoridan oshirgani va tormozni keskin bosgani sabab sodir bo‘lgan. YTH oqibatda bir kishi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Sud nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda oilaviy zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi kutilmoqda. Ushbu moddani nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senat qo‘mitasida muhokama qilindi. gazeta.uz »
Rossiyadagi elchixona mamlakatda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklarni huquqiy maqomini zudlik bilan hal qilishga chaqirdi. Nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kirganlar 30-aprelgacha huquqiy holatini hal qilishi yoki chiqib ketishi kerak. gazeta.uz »
Trampning aytishicha, u Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish haqida telefon orqali gaplashdi, deb yozdi NYP. “Putin odamlar ortiq o‘lmasligini xohlaydi”, - deydi AQSh prezidenti. Trampga ko‘ra, AQSh 500 mln dollarli nodir yer qazilmalari va gaz evaziga kelishuvda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini bermoqchi. gazeta.uz »
Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlar berildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Malayziyaning uchta yetakchi kompaniyasi bilan muhim minerallar sohasida qo‘shma loyihalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Bundan tashqari, Malayziya o‘zbekistonlik mutaxassislarni yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish sohasida o‘qitishni yo‘lga qo‘ymoqda. gazeta.uz »
Donald Tramp AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va Falastin qochqinlariga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)dan chiqishi to‘g‘risida farmon imzoladi. U, shuningdek, BMTni “yaxshi boshqarilmayotgani” uchun tanqid qildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining haqqoniyligini tekshirish tizimi kuchaytiriladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari. Har bitta mahalla bankiriga to‘rtta mahalla biriktiriladi. Hokim yordamchilari ishini “jonlantirish va yangi turtki berish” maqsadida tomorqalarda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatiladi. gazeta.uz »
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Tramp bilan bojlar joriy etilishini kechiktirishga kelishib oldi. Bunda Kanada chegarani mustahkamlashda 10 mingga yaqin odamni safarbar qiladi, fentanil moddasi oqimini to‘xtatish uchun resurslarni ko‘paytiradi. gazeta.uz »
2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. gazeta.uz »
Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »