Ðåçóëüòàòîâ: 1045

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi. Shuningdek, Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekiston rivojiga katta hissa qo‘shayotgan saudiyalik hamkorlarimizni biz doim yuksak qadrlaymiz”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-10-15 14:48

“Mahalla yettiligi” xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanadi

Endilikda “mahalla yettiligi” xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanadi. “Yettilik” faoliyatini kompleks baholaydigan tizim ishga tushiriladi. Tuman hokimlari yil yakuniga ko‘ra yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ni mukofotlash, ularga qo‘shimcha ustamalar berishni yo‘lga qo‘yadi. gazeta.uz »

2025-10-14 14:37

Toshkentda BAAning DP World kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi

“Toshkent Invest” va Dubayning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini rivojlantirish va boshqarish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi. 80 gektardan ortiq majmuaga temiryo‘l quruq porti, bojxona rasmiylashtiruvi zonalari, omborlar va kross-doking majmualari kiradi. gazeta.uz »

2025-10-12 07:54

Gaz bilan isitish uskunalarini qishga qanday tayyorlash va uning xavfsizligiga qanday ishonch hosil qilish mumkin? FVV maslahatlari

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yong‘inlar soni kamaymoqda, biroq sovuq mavsumda is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining portlash xavfi yuqoriligicha qolmoqda. FVV va boshqa xizmatlar mutaxassislari isitish mavsumi boshlanishidan oldin hodisa sabablari va ularning oldini olish choralarini eslatdi. gazeta.uz »

2025-10-9 10:07

Toshkent viloyatida prokuraturaning ikki xodimi 25 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki xodimi fuqarodan 25 ming dollar olayotganida ushlangani aytilmoqda. Ular jinoyat ishini ayblanuvchilar foydasiga hal qilish va soliq tekshiruvlarini noqonuniy, deb topib berishni va’da qilgan. DXXga ko‘ra, mansabdorlar oldin ham 108 ming dollar olgan. gazeta.uz »

2025-10-8 12:39

O‘zbekiston Janubiy Koreya provinsiyasi bilan ishchi vizalari bo‘yicha kelishuvga erishdi

Migratsiya agentligi va Kyonsan-namdo provinsiyasi o‘rtasidagi E-7 malakali ishchi vizasi bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlar provinsiyaning yirik sanoat tarmoqlarida hududiy viza asosida yuqori malakaga ega mutaxassis sifatida o‘z bilim va tajribalarini oshiradi. gazeta.uz »

2025-9-29 07:56

Bolalarga sifatsiz oziq-ovqat yetkazib berganlarning bu faoliyat bilan qayta shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak — bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani bolalarga sifatsiz oziq-ovqat yetkazib bergan subyektlarning ushbu faoliyat bilan qayta shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizm joriy etish kerakligini ta’kidladi. Idora, shuningdek, ushbu xizmatlarni ko‘rsatishga doir shartnomalar tuzishda inson omilini kamaytirish zarurligini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-9-27 11:00

“Toshkent” fond birjasi Franklin Templeton va NASDAQ bilan hamkorlikda modernizatsiya qilinadi

Shavkat Mirziyoyev Nyu Yorkda NASDAQ fond birjasi raisi Adena Fridman hamda Franklin Templeton prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda “Toshkent” fond birjasini modernizatsiya qilish, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish kabi rejalar ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2025-9-23 01:32