Toshkentda tezlikni 210 km/soatgacha oshirgan mototsiklchi jarimaga tortildi
Toshkentda tezlik 60 km/soat qilib belgilangan uchastkada 210 km/soat tezlikda harakatlangan mototsiklchining shaxsi aniqlandi. Unga nisbatan BHMning 15 baravari - 6,18 mln so‘m miqdorida jarimani nazarda tutuvchi ma’muriy bayonnoma tuzildi. Mototsikl jarima maydonchasiga joylashtirildi. gazeta.uz »