Markaziy bank TBC, Davr Bank va Hamkorbank`ni 2,5 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Markaziy bank TBC Bank, Davr Bank va Hamkorbank`ning iste’molchilar huquqlarini buzganini aniqladi. Banklar 2,5 mlrd so‘m jarimaga tortildi. Shuningdek, ularga noqonuniy ushlab qolingan 28 mlrd so‘mdan ortiq foizlar, komissiya va to‘lovlarni qaytarish vazifasi yuklatildi. gazeta.uz »







