Ðåçóëüòàòîâ: 1335

“Ikkita natija uchun o‘ynadim”. Javohir Sindarov — Karlsen bilan taqqoslanishi va Nomzodlar turniridagi rekord haqida

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Anish Giriga qarshi hatto teng pozitsiyada ham g‘alaba uchun o‘ynashga harakat qilganini bildirdi. Nomzodlar turniridagi peshqadamlikka qaramay, u bu holatga katta ahamiyat bermayapti. “Natijalar haqida o‘ylashga energiyam yo‘q”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-4-6 07:45

O‘zbekiston yetkazib berishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun aviatashuvlarni subsidiyalashga tayyor — IMV

O‘zbekistonda quruqlik orqali logistika cheklangan hollarda aviatashuvlar xarajatlarining bir qismini qoplash rejalashtirilmoqda, dedi Ilhom Norqulov. Yilning birinchi uch oyi yakunlari bo‘yicha YAIM 7,5% o‘sishi kutilmoqda, ammo iqtisodiyot ko‘rsatkichlari uchun “hal qiluvchi” davr ikkinchi chorak bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-4-2 15:28

Yo‘l qonunbuzarligi uchun javobgarlikni mashina egasi emas, haydovchiga o‘tkazish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda transport boshqarish huquqini olgan shaxslarga yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlik o‘tkazilgani haqida YHXX organlarini xabardor qilish tartibi belgilandi. Bu my.gov.uz yoki idora mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Xizmat narxi BHMning 10 foizi miqdorida. gazeta.uz »

2026-4-1 11:08

O‘zbekistonda poyezdlar kechikkani uchun kompensatsiya to‘lash tartibi joriy etilmoqda

Raqobat qo‘mitasi so‘roviga asosan Transport vazirligi temiryo‘l tashish qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqmoqda. Unga ko‘ra, nafaqat “Afrosiyob”, balki oddiy va tezyurar poyezdlar kechikkani uchun ham yo‘lovchilarga chipta narxining 100 foizigacha miqdorda pul qaytarib berilishi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2026-4-1 08:37

Hujjatlaringizni ko‘rsating: Shimoliy Koreya pasporti, Pxenyanda yashash uchun ruxsatnoma va hududlararo postlar haqida

Shimoliy Koreya - eng yopiq va qiziq davlatlardan biri. U vaqti bilan shaxsga sig‘inish, yadroviy dastur kabi mavzularda OAV sarlavhalariga chiqib turadi. Gazeta koreyashunos Andrey Lankovning asaridan KXDR pasporti qanday ishlashi, Pxenyanda yashash ruxsatnomasi, hududlararo postlar haqidagi parchani keltiradi. gazeta.uz »

2026-3-31 15:51

O‘zbekistonda propan import qiluvchilar narxlarni asossiz oshirgani uchun 63 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Raqobat qo‘mitasi gaz tanqisligi davrida birjada narx manipulyatsiyalarini aniqladi. Narxlarni sun’iy ravishda oshirish va o‘zaro kelishilgan harakatlar uchun 31 ta kompaniya jazolandi. 28,9 mlrd so‘mlik jarimalardan tashqari, budjetga 34,1 mlrd so‘m miqdoridagi asossiz daromadni undirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-3-30 13:36

O‘zbekistondagi kichik AES loyihasi Rossiya uchun 24,7 mlrd dollargacha buyurtma olib keladi — “Rosatom”

O‘zbekistonda AES qurilishi Rossiya sanoatiga 2 trln rublgacha (24,7 mlrd dollar) buyurtmalar olib keladi va 1000 ga yaqin ish o‘rni yaratadi, dedi “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyov. Loyiha direksiyasi avvalroq ikkita reaktorli kichik stansiya qiymati 1 mlrd dollardan oshmasligini ta’kidlagan edi. gazeta.uz »

2026-3-26 13:03

Toshkentda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tarmog‘i qanday kengaytiriladi?

2030-yilgacha Toshkentda avtobuslar uchun ustuvorlikka ega yo‘laklar uzunligi 400 km dan oshishi kerak: BRT - 57,5 km, “A” harfli yo‘laklar esa 347 km ni tashkil etadi. Bu yil BRT yo‘laklari Shahrisabz (Shota Rustaveli ko‘chasi davomi), Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, Yangi Sergeli ko‘chalarida paydo bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-3-21 19:46

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun soha ishtirokchilariga imtiyozlar beriladi

Prezident O‘zbekiston, jumladan, Samarqandda turizmni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgiladi. Xususan, aviakompaniyalarga olib kelingan har bir xorijiy sayyoh uchun 100 dollardan, turoperatorlarga esa 3 oy davomida jalb qilingan 1000 xorijiy turist uchun 5000 dollargacha subsidiya beriladi. gazeta.uz »

2026-3-18 15:56

Internetda haqorat va o‘z huquqbuzarligi aks etgan tasvirni tarqatish uchun javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi qonun Senatga yuborildi

Qonunchilik palatasi deputatlari internet orqali haqorat qilish, shaxsning o‘zi sodir etgan huquqbuzarligini OAV va internetda tarqatish hamda harbiy harakatlarda ishtirok etishni targ‘ib qiluvchi materiallarni joylash uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni qabul qilib, Senatga yubordi. gazeta.uz »

2026-3-18 13:19

“Barcha yutqazadigan holat”. Nima uchun Toshkentda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari ommaviy o‘chirilmoqda?

Elektrozapravka operatorlari Toshkentda ommaviy o‘chirishlar bo‘laayotgani va ularni o‘rnatish bo‘yicha tartib-qoida yo‘qligini ma’lum qildi. Shahar hokimligi aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etib, vaziyatni “barcha yutqazadigan holat” deb atadi. Muammoni hal etish uchun ishchi guruh tuzildi. gazeta.uz »

2026-3-14 08:22