Ðåçóëüòàòîâ: 1334

OFK O‘FAni Qatarga qarshi o‘yindagi qoidabuzarliklar uchun 340 ming dollar jarimaga tortdi

OFK O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Qatarga qarshi o‘yinni o‘tkazishda qoidabuzarlik sodir etgani uchun 340 ming dollar jarima qo‘lladi. Bunda OFK bilan kelishmasdan yopilish marosimi tashkil etilgan va BYD avtomobillari ishtirokida “embush-marketing”ga yo‘l qo‘yilgan. gazeta.uz »

2025-10-7 09:07

“SIni tezroq rivojlantirish uchun ilg‘or, o‘zini oqlagan xorijiy va mahalliy tajribalarni o‘rganib borish zarur” — prezident

O‘zbekiston prezidenti mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda 2027-yilga qadar 1 mln nafar yosh sun’iy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi ma’lum qilindi. gazeta.uz »

2025-10-6 13:56

O‘zbekistonda og‘ir yuk mashinalari va samosvallar uchun alohida raqamlar joriy etish taklif qilinmoqda

2026-yildan vazni 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va ochiq konlarda ishlovchi o‘ziag‘daruvchi yuk avtomobillari uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, og‘ir yuk mashinalarining tungi vaqtda yo‘l chetida to‘xtab turishi uchun javobgarlik belgilanishi ham ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-10-3 12:54

Toshkentda uy-joy narxini pasaytirish uchun uy-joy kooperativlarini joriy etish taklif qilindi

Toshkentda uy-joy qimmatligi va ipoteka subsidiyalari yetishmovchiligi sababli shahar kengashi deputatlaridan biri uy-joy kooperativlarini joriy etishni taklif qildi. Shahar hokimligi poytaxt uchun ipoteka subsidiyalarini oshirish bo‘yicha boshqa mamlakatlar tajribasini va muqobil mexanizmlarni o‘rganmoqda. gazeta.uz »

2025-9-25 18:29

Bolalar adabiyotining global tendensiyalari. Ularga ergashish nima uchun muhim?

Janubiy Koreyada Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari yozuvchi, noshir va rassomlari ishtirokida Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashining (IBBY) konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yozuvchi Dinara Mo‘minova bolalar adabiyotining dolzarb tendensiyalarni to‘plab, ularga ergashishning ahamiyatini tushuntirdi. gazeta.uz »

2025-9-25 05:31

Termizda avtobus yo‘lovchilaridan yo‘lkira uchun ortiqcha olingan 364 mln so‘m qaytariladi

“Termiztransportxizmat” avtobus yo‘lovchilaridan yo‘lkira uchun ming so‘mdan ortiqcha haq olib, 2025-yil 1-maydan 19-maygacha bo‘lgan davrda jami 364 mln so‘m ortiqcha daromad olgan. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ortiqcha olingan mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. gazeta.uz »

2025-9-24 14:13

XDP moped va skuterlarni boshqarish uchun “prava” talabini keyingi yilga qoldirishni taklif qildi

Xalq demokratik partiyasi 1-oktabrdan moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilishiga qarshi chiqdi. Partiya ushbu talabni keyingi yilga qoldirgan holda, haydovchilik guvohnomasi va davlat raqamini olish uchun muddatlar va to‘lovlar miqdorini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-9-22 09:06

Qurilish vazirligi Toshkentda bitta uy uchun $200 minggacha xarajat borligini aytgan tadbirkor ustidan IIVga ariza kiritdi

Qurilish vazirligi Toshkentda bitta uy uchun 200 ming dollargacha xarajat borligini aytgan tadbirkor Usmonjon Abdusamadovning ustidan IIVga ariza kiritdi. Vazirlikka ko‘ra, u “jamoatchilikda asossiz axborot tarqalishiga va islohotlarga nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga” sababchi bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-9-20 13:28

Qoraqalpoq tilida opera, muzey va bolalar uchun yangi spektakllar. O‘zbekiston DAKTda yangi mavsum qanday bo‘ladi?

Opera va balet katta teatri direktori Alibek Kabduraxmonov teatrni rivojlantirish strategiyasini taqdim etdi. Yangi postanovkalar, qoraqalpoq tilida opera, “Alisa mo‘’jizalar mamlakatida” animatsion spektakli hamda xalqaro loyihalar rejalashtirilmoqda. Teatr qoshida muzey va sovg‘a do‘koni ochiladi. gazeta.uz »

2025-9-18 15:22

Qozog‘iston uchun bir palatali parlament: bu samaradorlikka qadammi yoki hokimiyatning markazlashuvi? Ekspertlar fikri

Qozog‘iston prezidenti bir palatali parlamentga o‘tishni taklif qildi. Siyosatshunos Gaziz Abishev buni parlamentni kuchaytirish va avtokratiyani jilovlash sari qadam deb bilmoqda. QMIPI professori Nurseit Niyazbekovga ko‘ra, bu qarorlar qabul qilishni tezlashtirishi mumkin, ammo demokratlashtirishga olib kelmaydi. gazeta.uz »

2025-9-12 12:47

Harbiy va idoraviy formaga o‘xshash kiyim-boshdan foydalanganlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda harbiy va idoraviy formali kiyimga o‘xshash kiyim-boshni joriy etish va ulardan foydalanish uchun javobgarlik kiritilmoqda. Shuningdek, hokimiyat vakilining xizmat kiyimi yoki hujjatlaridan foydalangan holda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida ko‘rish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-9 11:34