Ðåçóëüòàòîâ: 1334

Toshkentda majburiy davolash choralarini bekor qilib berish uchun mahkumdan 7,5 ming dollar talab qilgan shifokor qo‘lga olindi

Toshkentda koloniya shifokori majburiy davolash choralarini bekor qilib berish evaziga mahkumdan 7500 dollar talab qildi. Mahkumning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilib, kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida shifokor o‘z kasbdoshi bo‘lgan sherigi bilan birga qo‘lga olingan. gazeta.uz »

2026-1-16 13:06

AQSh 75 ta davlat fuqarolari uchun immigratsiya vizalarini rasmiylashtirishni to‘xtatdi, ular orasida O‘zbekiston ham bor

AQSh 21-yanvardan O‘zbekiston va yana 74 ta davlat fuqarolari uchun immigratsiya vizalarini rasmiylashtirish noma’lum muddatga to‘xtatilishini e’lon qildi. Bunda arizalar qabul qilinaveradi. Amaldagi immigratsiya vizalari bekor qilinmaydi. Turistik vizalar avvalgi tartibda beriladi. gazeta.uz »

2026-1-15 09:06

O‘zbekistonlik olimlar infeksiyalangan yaralarni davolash uchun gidrogel yaratdi

Fanlar akademiyasi olimlari xalqaro hamkorlar bilan birgalikda infeksiyalangan yaralarni davolashga qaratilgan yangi avlod ko‘p funksiyali gidrogel yara bog‘lamasini ishlab chiqdi. U yuqori yopishuvchan, cho‘ziluvchan, antioksidant va antibakterial xususiyatlarga ega bo‘lib, yaralarning tez bitishini ta’minlaydi. gazeta.uz »

2026-1-14 10:08

Toshkentdagi “O‘zikkilamchiranglimetall” korxonasi ekologik xavfi yuqori bo‘lgani uchun boshqa hududga ko‘chiriladi

Ekologiya qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan Yangihayot tumanidagi ekologik xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar sirasiga kiritilgan “O‘zikkilamchiranglimetall” korxonasi boshqa hududga ko‘chiriladi. Qo‘mita bu orqali atmosferaga qariyb 226,7 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi oldi olinishini qayd etdi. gazeta.uz »

2026-1-14 09:07

“Iqtisodiyot tezroq o‘sishi uchun resurslar zarur” — ISSV O‘zbekiston tashqi qarzining o‘sishi haqida

O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mamlakat tashqi qarzining o‘sishi yuzasidan izohli material e’lon qildi. Vazirlikning izohlashicha, qarz jalb etishdan maqsad - aholining turmush darajasini oshirish, tashqi moliyalashtirish iqtisodiyot tezroq o‘sishi uchun resurslarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq. gazeta.uz »

2026-1-10 07:42

O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari sifati monitoringi uchun “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushadi

2027-yilgacha O‘zbekistonning olis va boshqa hududlarida raqamli va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini monitoring qilish uchun “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi. Axborot sohasida nazorat va monitoring vakolatlari berilgan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi soha regulyatori etib belgilandi. gazeta.uz »

2025-12-12 14:57

Texnopark kompaniyasiga havoni ifloslantirganlik uchun oshirilgan kompensatsiya hisoblandi

Toshkent shahrida Texnopark kompaniyasiga ortiqcha ifloslantiruvchi moddalar chiqarayotgani uchun oshirilgan kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi. Shuningdek, obyektning majburiy ekologik ekspertizasi xulosasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarlik uchun korxona rahbariyatiga chora ko‘rildi. gazeta.uz »

2025-12-12 06:51

O‘zbekiston yagona energetika bozorini yaratish uchun qo‘shnilar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston mintaqada yagona energiya bozorini yaratish uchun qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda, dedi prezident. U Qambarota GES-1 va “yashil” energoyo‘lak loyihalarini esladi. Qolaversa, Xitoy tajribasidan kelib chiqib, aholi hamkorligida mahallalarda quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi. gazeta.uz »

2025-12-5 13:00

Ekologik halokat yoqasida barchamiz jamiyat manfaatlari uchun haqiqatni aytishga o‘rganishimiz kerak

So‘nggi hafta havo ifloslanishi muammosini tan olish hamda uzoq kutilgan va shoshilinch qarorlar qabul qilish haftasi bo‘ldi. Hozir o‘zimiz - o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi munosabatlarda, davlat va jamiyat aloqalarida to‘g‘riso‘zlik va xatolarni tan olish jasorati har qachongidan ham muhim, deb yozadi Sabina Bakayeva. gazeta.uz »

2025-11-27 21:22

O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalari qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident farmoni bilan Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. gazeta.uz »

2025-11-26 09:56

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun davlat granti bo‘yicha qo‘shimcha tanlov ochildi

2025/2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1320 ta davlat grantidan bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov ochildi. To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar 25-noyabrdan 4-dekabrgacha ro‘yxatdan o‘tib, 11-dekabrga qadar o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashishi mumkin. gazeta.uz »

2025-11-26 08:36

Global Gateway: YI strategiyasi qanday ishlaydi va u MO uchun qanchalik ahamiyatli?

Shu hafta Toshkentda Yevropa Ittifoqi iqtisodiy forumi va Transkaspiy yo‘lagi investorlari forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar YIning Global Gateway strategiyasi doirasida o‘tkaziladi. Gazeta bu qanday strategiya ekani, u O‘zbekiston uchun nimasi bilan muhimligi va hamkorlik yo‘nalishlari haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-11-25 13:37