Ðåçóëüòàòîâ: 1334

Qurilish vazirligi qurilishga ruxsat olish uchun “$200 minggacha xarajat” haqidagi bayonotga javob berdi

Quruvchining “har bir uy uchun $200 minggacha xarajat” haqidagi bayonotiga javoban Qurilish vazirligi raqamlashtirish tufayli korrupsiya xavfi minimallashtirilganini ta’kidladi. Tashkilotga ko‘ra, ariza beruvchi va davlat xizmatchisi o‘rtasidagi har qanday o‘zaro munosabatlar barcha bosqichlarda istisno qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-3 20:12

“Menga ochko olish uchun ishlaganlaringiz kerak emas”: Samarqand viloyati rahbari qo‘l ostidagilarni dam olish kunlari ishlamaslikka chaqirdi

Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev tumanlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga dam olish kunlari ishlamaslik va xodimlarni ishga chaqirmaslikni tayinladi. “Bozor kuni hammani ishga chaqirib, ishlaganga o‘xshatib ochko olishingiz menga kerak emas. Dam olish kuni hamma uyida damini olsin”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-3 17:47

O‘zbekiston va Moldova 2026-yildan avtomobil orqali yuk tashuvlari uchun ruxsatnomalarni bekor qiladi

O‘zbekiston 2026-yildan Moldova bilan avtomobil orqali ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlarida ruxsatnomasiz tizimga o‘tadi. Ikki mamlakat vakillari avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari masalalari bo‘yicha amaldagi kelishuvlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha bayonnoma imzoladi. gazeta.uz »

2025-9-3 08:13

“O‘zbekiston yapon sayyohlari uchun jozibador yo‘nalishga aylanmoqda” — Yaponiya elchisi

O‘zbekiston yapon sayyohlari va ishbilarmonlari uchun jozibador bo‘lib bormoqda, dedi Yaponiya elchisi Takeshi Xatori. Uning aytishicha, mamlakat Ipak yo‘li merosi va mehmondo‘stlik tufayli qadrlanadi, yapon kompaniyalari esa xususiylashtirish va JSTga a’zo bo‘lish rejalari tufayli yangi bozorga qiziqish bildirmoqda. gazeta.uz »

2025-8-31 08:14

“Markaziy Osiyoning barqarorligi va birdamligi dunyo gullab-yashnashi uchun katta ahamiyatga ega” — Yaponiya TIV vakili

“Markaziy Osiyo - Yaponiya” sammiti shu yil oxirigacha o‘tishi mumkin, ammo sanalar aniq emas. Yaponiya TIV matbuot kotibi mintaqadagi barqarorlik va birdamlikning ahamiyati, MO orqali yangi transport yo‘laklarini rivojlantirish rejalari haqida gapirib, Ukrainadagi urushning global oqibatlaridan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2025-8-29 17:25

Xorijdan qaytganlarning ba’zilari OIV uchun majburiy testga chaqirilmoqda — bunday tartib hali kuchga kirmagan

90 kundan ortiq chetda bo‘lib qaytganlarni OIVga majburiy testdan o‘tkazish tartibi amalda emas, ammo O‘zbekistonda bunday holatlar uchrayotgani Gazeta`ga ma’lum bo‘ldi. Biz testga chaqiruv olganlarning ayrimlari bilan gaplashdik, rasmiylardan izoh so‘radik. Jarayon rasmiyatchilikka aylangandek taassurot uyg‘otdi. gazeta.uz »

2025-8-29 10:47

O‘zbekiston jahon brendlari uchun to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirmoqda — ISSV

O‘zbekiston paxta eksportidan global moda sanoati uchun ishlab chiqaruvchi maqomiga o‘tmoqda: mamlakatdagi 66 ta korxona LC Waikiki’dan to Inditex’gacha bo‘lgan 80 dan ortiq xalqaro brendlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilmoqda, deya ma’lum qildi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. gazeta.uz »

2025-8-27 14:33

O‘zbekiston Kaspiy dengizida yuk tashish uchun Turkmanistondan kemalar sotib olishni reja qilmoqda

O‘zbekiston Turkmanistondagi kemasozlik zavodidan kemalar sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Transport vaziri Ilhom Mahkamovning aytishicha, o‘z paromlarning bo‘lishi Kaspiy dengizi orqali yuk tashishni tezlashtiradi va 30−40 kun davom etishi mumkin bo‘lgan tirbandlikni kamaytirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-8-24 14:13

2026-yildan tadbirkorlar uchun muqobil skoring modeli ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtiriladi

Prezident 2026-yildan tadbirkorlar uchun muqobil skoring modeli ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtirilishini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari endi skoring tizimi soliq va kommunal to‘lov intizomi, rasmiy aylanma, eksport operatsiyalari kabilarni ham inobatga olishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-8-20 13:29

Elektr va gaz uzilishlari tadbirkorlik faoliyati uchun asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda — Markaziy bank

Markaziy bank sharhiga ko‘ra, elektr va gaz uzilishlari hamda yoqilg‘i narxlarining oshishi biznesning to‘liq quvvatda ishlashi uchun asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, cheklovchi omillar qatorida aylanma mablag‘lar yetishmasligi, soliq tizimidagi murakkabliklar, ijara xarajatlarining yuqoriligi sanab o‘tilgan. gazeta.uz »

2025-8-19 15:41

O‘zbekiston va Qozog‘iston AES qurilishi uchun maydonlarning seysmik xavfsizligini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki mamlakatda AES qurilishi uchun potensial maydonlarning seysmik xavfsizligi jihatlarini ko‘rib chiqdi. Bu 18-avgust kuni “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va Qozog‘iston ekologiya vaziri o‘rinbosari Jomart Aliyev boshchiligidagi uchrashuvda muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-8-19 09:35

Ota-onalarga ta’lim kontrakti uchun soliq imtiyozini qo‘llashda farzandning yosh chegarasi bekor bo‘ldi

Ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi o‘zgardi. Shu paytga qadar ota-onalar shartnoma asosida o‘qiydigan farzandlari 26 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin edi. Qaror bilan ushbu cheklov bekor qilindi. gazeta.uz »

2025-8-18 09:00