Ðåçóëüòàòîâ: 1334

Jahon banki gidroenergetikani rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyiha uchun 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi. Qayd etilishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘sishiga qaramay, ehtiyojlarning qariyb 10 foizi qondirilmayapti. gazeta.uz »

2025-6-25 08:11

Energiya resurslaridan behuda foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda, deputatlarning bir qismi bunga qarshi

O‘zbekiston deputatlari elektr energiyasi va gazdan nooqilona foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Shuningdek, jazoni YATTlarga ham tatbiq etish taklif qilinmoqda, bayonnomalarni esa IIV va FVV xodimlari ham rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-6-24 15:15

O‘zbekistonda qaysi yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ogohlantirish berish taklif qilinmoqda?

Deputatlar birinchi marta sodir etilgan kichik YHQ buzganlik uchun ma’muriy ogohlantirish (jarima o‘rniga) joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Shuningdek, kamera qayd etoladigan 13 ta qoidabuzarlik ro‘yxatini belgilash taklif qilinmoqda. Unga yo‘l chizig‘ini bosish qo‘shilmagan. gazeta.uz »

2025-6-19 18:17

Isroildan chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun nazorat punktlari va aviaqatnovlar bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun nazorat-o‘tkazish punktlari va transport yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, elchixona Isroil rasmiylari va front orti tuzilmalarining ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-6-18 09:23

Kinotavsiya: xorror muxlislari uchun bayram, 2 mlrd topgan Xitoy multfilmi va Bred Pittning qaytishi

Sarvar Karimov “Kinotavsiya”da iyun oyidagi premeralar haqida hikoya qiladi. Bu sonda multfilmlar tarixida eng ko‘p kassa yig‘imlarini qayd etgan “Nechja”, “Balerina” jangari kartinasi, Bred Pittning yangi roli, Nikolas Keydjning “Syorfer” trilleri va bir qancha xorrorlar haqida gap boradi. gazeta.uz »

2025-6-13 18:10

YeTTB O‘zbekistondagi nasos stansiyalari modernizatsiyasi uchun 250 mln dollargacha suveren kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston bo‘ylab 110 ta sug‘orish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun 250 mln dollargacha suveren kredit ajratadi. Loyiha doirasida 10 ta hudud qamrab olinishi, uning natijasida yiliga 251 ming megavatt soat elektr energiyasi tejalishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-6-13 09:20

“Masalani hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda”. TIV matbuot kotibi BAAdagi vaziyat haqida

TIV matbuot kotibi O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishda qiyinchilikka uchrayotgani yuzasidan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. “Muzokaralar fuqarolarimizning mamlakatga muammosiz kirishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, masalani hal qilish uchun sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-6-5 15:19

O‘zbek bolalar yozuvchilarining kitoblari nima uchun jahon bozorida yo‘q va bu ahvolni qanday o‘zgartirish mumkin?

O‘zbekiston 2022-yili Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (IBBY)ga a’zo bo‘lgan. Ammo milliy bo‘lim faoliyati, xuddi mamlakat bolalar adabiyoti kabi, jonsiz. Yozuvchi Dinara Mo‘minova va tadqiqotchi Dilnavoz Najimova IBBY milliy bo‘limining nima uchun jahon bozoriga chiqmaganligini muhokama qiladi. gazeta.uz »

2025-6-1 17:29

O‘zbek bolalar yozuvchilarining kitoblari nima uchun jahon bozorida yo‘q va bu ahvolni qanday o‘zgartirish mumkin?

2-aprel - Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (IBBY) tomonidan ta’sis etilgan Bolalar kitoblari kuni. O‘zbekiston tashkilotga 2022-yilda a’zo bo‘lgan. Yozuvchi Dinara Mo‘minova va tadqiqotchi Dilnavoz Najimova IBBY milliy bo‘limining nima uchun jahon bozoriga chiqmaganligini muhokama qiladi. gazeta.uz »

2025-5-31 17:29

Dunyo okeanini muhofaza qilish nima uchun hammaga — hatto unga chiqish yo‘li yo‘q O‘zbekistonga ham taalluqli?

Dunyo okeanisiz iqlim barqarorligi, savdo, oziq-ovqat xavfsizligi va energiya ishlab chiqarish, hatto okeandan uzoqdagi mamlakatlar uchun ham, imkonsiz bo‘lib qoladi. Dunyo okeanini muhofaza qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish ahamiyati - Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez maqolasida. gazeta.uz »

2025-5-31 15:30

Raqobat qo‘mitasi Ucell kompaniyasiga ma’naviy zarar uchun javobgarlikni ofertaga kiritish majburiyatini yukladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Ucell kompaniyasiga ommaviy oferta shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish majburiyatini yukladi. Natijada kompaniya hujjatga oldin bo‘lmagan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi o‘zgartirishni kiritdi. gazeta.uz »

2025-5-27 13:05

O‘zbekiston terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 28-may kuni boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Jamoa 5-iyun kuni BAA, 10-iyun kuni esa Qatarga qarshi o‘ynaydi va ular orqali jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin. gazeta.uz »

2025-5-26 12:31

O‘zbekistonda AES uchun quruq sovitish tizimlarini ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi uchun quruq sovitish tizimlarini ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev. Uning aytishicha, Vengriya kompaniyasi kelgusi oy mahalliylashtirish imkoniyatlarini baholash uchun delegatsiya yuboradi. gazeta.uz »

2025-5-22 12:34