Ðåçóëüòàòîâ: 1335

Nyu York AQShning tig‘iz vaqtlarda markazga kirish uchun to‘lov joriy qilgan ilk shahri bo‘ldi

Nyu Yorkning markaziy ko‘chalarida tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi to‘lash joriy etildi. Hali AQShning hech bir shahrida bunday qoida kiritilmagandi. Manhettenga kirish narxi - kuniga 9 dollar. Shahar hukumati shu tariqa tirbandlikka qarshi kurashmoqchi va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘moqchi. gazeta.uz »

2025-1-6 17:52

“Chet elda noqonuniy xatti-harakat qilgan san’atkorlarimiz uchun Madaniyat vazirligi javob berishiga to‘g‘ri kelyapti” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vazirligi xorijda konsert qo‘yayotgan o‘zbekistonliklarni hamkorlikka chaqiryapti. Vazir Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, “biz O‘zbekistonning imidjini tiklashga harakat qilayotganimizda, kimdir borib uni sindirishiga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz”. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu senzura yo taqiq emas. gazeta.uz »

2024-12-28 14:47

Yangi Toshkentda vazirliklar ishlashi uchun yengil konstruksiyali vaqtinchalik binolar qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi bilan tanishdi. U 27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan ko‘chatxonani ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari vazirliklar vaqtinchalik ishlashi uchun mo‘ljallangan yengil konstruksiyali binolar bilan ham tanishdi. gazeta.uz »

2024-12-28 13:50

“Nima uchun davlat o‘z fuqarolarini yo‘llarda himoya qila olmaydi?” “Kontekst” podkasti (video)

2023-yilda O‘zbekistondagi YTHlarda Shvetsiyadagiga nisbatan 10 (!) barobar ko‘p odam vafot etdi, avtomobillar soni esa deyarli teng. Nega tinch sharoitda har safar ko‘chaga chiqish qo‘rquv va stressga sabab bo‘lyapti? Nega mutasaddilar buni ko‘rmayapti? “Gazeta.uz”ning “Kontekst” podkastida shu savollar ko‘tarildi. gazeta.uz »

2024-12-25 10:15

Toshkentdagi pulli parkovkalar uchun kimoshdi savdosi qayta o‘tkazildi. G‘olib — Streetpark Systems

Toshkent shahrida pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqini beruvchi takroriy auksion o‘tkazildi. 120 mlrd so‘m taklif qilgan avvalgi g‘olib Balcomuz kompaniyasi bilan shartnoma tuzilmagan. Yangi g‘olib Streetpark Systems bo‘ldi, u ikkita taklifdan so‘ng 62,9 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqdi. gazeta.uz »

2024-12-18 15:06

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklash masalasini muhokama qila boshladi

Qonunchilik palatasi chiqindi xizmatlaridan qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Deputat ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni va qarzdorlikni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-12-16 12:46

Xavasbek Asadullayev qozog‘istonlik bokschini tishlagani uchun Osiyo chempionatining oltin medalidan mahrum bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi Xavasbek Asadullayev finalda qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi. Biroq jang davomida u raqibini tishlab olgani sababli Osiyo boks konfederatsiyasi uni diskvalifikatsiya qildi. Oltin medal Ablayxon Jusupovga berildi. gazeta.uz »

2024-12-13 08:33