Ðåçóëüòàòîâ: 1335

Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi

Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi. gazeta.uz »

2024-5-21 15:27

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga yana mavsumiy ishlar uchun borishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Janubiy Koreya hukumati bilan uzoq muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2021-yilda Koreya ko‘plab fuqarolar mehnat shartnomalarini buzgani va belgilangan muddatda mamlakatni tark etmagani uchun ishga qabul qilishni to‘xtatgandi. gazeta.uz »

2024-5-13 15:33

Uzbekistan Airports lazer nurlarini havo kemalariga yo‘naltirganlik uchun javobgarlik borligini eslatdi

Uzbekistan Airports lazer nurlarini havo kemalariga yo‘naltirish ko‘paygani tufayli fuqarolarga murojaat qilib, parvozlar xavfsizligini ta’minlash talablariga rioya etishni so‘radi. Samolyotlar harakatiga bunday usulda xalal berish hozirda 68 mln so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. gazeta.uz »

2024-5-10 08:23

Yandex maktab o‘quvchilari uchun IT ma’ruzalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi

Yandex o‘quvchilar uchun ijtimoiy muammolarni hal etishda texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida ma’ruzalar tinglash imkonini taqdim etdi. Kompaniya xodimlari ilovadan nogironligi bo‘lganlar qanday foydalanishi, AI ijtimoiy va ekologik loyihalarda qanday yordam berishini so‘zlab beradi. gazeta.uz »

2024-4-26 08:26

Axens Ai-80 benzini ishlab chiqarishni to‘xtatish uchun Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishga yordam beradi

Fransiyaning Axens kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish doirasida qator qurilmalarni loyihalashtiradi. Loyiha “O‘zbekneftgaz”ga Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechib, 1 mln tonnadan ortiq Yevro-5 sinfidagi Ai-92 va Ai-95 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tish imkonini beradi. gazeta.uz »

2024-4-26 08:11

Davlat idoralari o‘z avtoparkini elektromobillar bilan yangilamoqda. Ba’zi hokimliklar bu uchun yetimlarga atalgan pullardan foydalanmoqda

2022-yil oxirida davlat organlari elektr va gibrid avtomobillarga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Biroq bir qator hokimliklar yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qo‘llovchi “Mehr daftari” fondi mablag‘larini yangi mashinalar sotib olishga yo‘naltirmoqda. gazeta.uz »

2024-4-24 15:07

Jahon banki O‘zbekistonga “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratadi

IMV va Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Jahon bankining krediti mamlakat qishloqlaridagi minglab yoshlarning IT ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2024-4-20 17:20

“Yuksalish” energetika tarmog‘ini rivojlantirish uchun xarajatlarni ochiqlashga chaqirdi

“Yuksalish” harakati rahbariga ko‘ra, elektr energiyasiga yangi tariflarni joriy etish bilan bir paytda sohadagi muammolarni hal etish zarur. Isitish, gaz tizimi yo‘q hududlarni hisobga olish, shuningdek, tizimni rivojlantirishda xarajatlar shaffofligini ta’minlash va differensiyalangan tariflarni kiritish muhim. gazeta.uz »

2024-4-18 10:15