Ðåçóëüòàòîâ: 1335

Ro‘zadorlar uchun suv va xurmo, bolalarga velosiped hamda iftor dasturxoni. “Sen dunyoga keraksan” jamoasining Ramazondagi faoliyati haqida

“Sen dunyoga keraksan” ko‘ngillilar jamoasi Ramazon oyida Toshkent shahrida “Yo‘lda iftorlik” loyihasini o‘tkazib, 21 mingdan ziyod ro‘zadorga suv va xurmo tarqatdi. Shuningdek, Toshkent viloyatida kam ta’minlangan oilalar uchun 100 kishilik iftor dasturxoni yozildi, 20 nafar bolaga velosiped taqdim etildi. Foto. gazeta.uz »

2024-4-9 15:40

Toshkentda bir qator loyihalar konsepsiyasini ishlab chiqish uchun 825 mln so‘m ajratildi

Toshkent shahri hokimligi prezidentning poytaxtdagi ikki tumanga tashrifi yakunlari bo‘yicha loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqishga 825 mln so‘m ajratdi. “Chorsu” va “Eski jo‘va” bozorlari rekonstruksiyasi, “turizm halqasi”da yo‘laklar, mahallalarda mikro bog‘lar qurish va boshqalar shular jumlasidan. gazeta.uz »

2024-4-5 12:15

“Hokim topshiriq berdi”. Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari ishi tekshirilmoqda

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov qator rahbarlarga Open Budget uchun ovoz yig‘ishda sustkashlik qilganini aytib, ularni “noinsof” deb atadi. “Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang, hammangni yo‘qotaman”, deya ta’kidlagan Istamovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi. gazeta.uz »

2024-4-4 13:21

Energetika vazirligi: Metan uchun 3350 so‘mdan ziyod to‘lov qilgan bo‘lsangiz, uni qaytarishni talab qilish huquqiga egasiz

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-aprel kuni AGTKSHlarda metan 3800 so‘mdan sotildi, bu belgilangan chegara, ya’ni 3350 so‘mdan yuqori. Energetika vazirligi iste’molchilar shoxobchaga chek bilan qaytib, ortiqcha to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-4-2 19:55

“Shengen Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin” — YI delegatsiyasi rahbari

Yevroittifoqning Toshkentdagi delegatsiyasi 31-martdan boshlab Bolgariya va Ruminiya Shengen hududi tarkibiga kirishini bildirdi. “Shengen YIning eng qimmatbaho gavhari bo‘lib qolmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, - dedi YI elchisi Sharlotta Adrian. gazeta.uz »

2024-3-29 20:41

Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etish uchun Surxondaryoning barcha tumanlaridan yordam chaqirildi

Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etishga Surxondaryoning boshqa tumanlaridan 10 ming kishi, 350 dan ortiq yuk va maxsus transport vositalari jalb qilindi. Ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, aholi xonadonlari va boshqa obyektlar dezinfeksiyalandi, daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi. Foto. gazeta.uz »

2024-3-24 09:29

IShID-K Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, AQSh buni tasdiqlaydi — NYT

IShID-Xuroson (IShID-K) Moskva yaqinidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times. Bu ma’lumotni AQSh razvedka xizmatlari tasdiqladi. Ular Rossiyani mart oyi boshida ehtimoliy hujum haqida ogohlantirgan, bir necha kun oldin esa Vladimir Putin buni “shantaj” deb atagandi. gazeta.uz »

2024-3-23 03:10

Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish uchun master va menejment rejalari qabul qilinadi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand shahrida Ipak yo‘li davlat muzeyini tashkil etish, Amir Temur bog‘larini qayta tiklash, Bibixonim majmuasini restavratsiya qilish, shuningdek, Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish to‘g‘risida master va menejment rejalari bo‘yicha qarorlar loyihalari ishlab chiqiladi. gazeta.uz »

2024-3-16 07:52

Madaniyat vazirligi “madaniyatli insonlar”ga ko‘ngilochar tadbirlar uchun bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi

Madaniyat vazirligi gaz va elektrdan qarzi yo‘q, ma’muriy javobgarlikka tortilmagan “namunali va madaniyatli insonlar”ni aniqlab, ularga ko‘ngilochar tadbirlarga bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi. “Loyiha hali to‘liq ishlab chiqilmagan, buning uchun biroz vaqt kerak”, - dedi vazirlik xodimi. gazeta.uz »

2024-3-13 12:11

“Rossiya san’atkorlari uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xorijlik xonandalarning O‘zbekistondagi konserti tadbirkorlar tomonidan tashkil etilishini aytdi. U rossiyalik qo‘shiqchilarning O‘zbekistonda konsert berishi haqida gapirarkan, “ular uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi, shu sabab bo‘sh maydon qidirishga mahkum”, dedi u. gazeta.uz »

2024-3-12 07:25