UzAuto Motors 17-iyul kuni yana Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi
17-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzishni qayta ochadi. gazeta.uz »
ó÷óí - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
17-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzishni qayta ochadi. gazeta.uz »
Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Bunday reja may oyi oxirida e’lon qilingandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonda kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. gazeta.uz »
“Sen dunyoga keraksan” xayriya jamoasi Toshkent viloyatida yashovchi 40 bola uchun yakshanbani unutilmas kunga aylantirdi: ularga Toshkent shahri bo‘ylab zoopark, muz saroyi, pitsseriya, masjid va bog‘ga sayohat uyushtirildi. “Mehrning bir kuni” aksiyasidan “Gazeta.uz” reportaji. gazeta.uz »
Soliq qo‘mitasi sun’iy intellektga asoslangan DavrOn nomli virtual yordamchini ishga tushirdi. U soliq to‘lovchilarga tegishli ma’lumotlar va soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha personal maslahatlar berishi mumkin. Bu qo‘mitaning SIga asoslangan uchinchi xizmatidir. gazeta.uz »
Endi yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra beriladi. gazeta.uz »
“O‘zsuvta’minot” vakili O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ham ijtimoiy norma yo‘lga qo‘yilishi haqida gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ham suv zaxirasi, ham suvni tejash nuqtai nazaridan yaqin kelajakda bunday reja yo‘q. gazeta.uz »
2024-yil yakuniga qadar elektromobillarni quvvatlash uskunalari uchun alohida hisoblagich o‘rnatish yo‘lga qo‘yiladi. HET mas’uliga ko‘ra, fuqarolar yashashi uchun alohida, elektromobili uchun alohida tok ishlatishni xohlaydi. gazeta.uz »
Bosh prokuratura departamenti o‘tkazgan tadbirlarda Payariqda fuqaroni AQShga yuborish uchun 10 ming dollar, Qo‘rg‘ontepada Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish uchun 1900 dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Prezident ijtimoiy himoya sohasiga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish, jumladan, binolarni ekspertizadan o‘tkazish, chorrahalarni moslashtirib borish, elektron interaktiv xarita yaratish mavjud. gazeta.uz »
O‘zbekistonda biznes va boshqa yuridik shaxslar ilgari elektr energiyasi uchun 1 kVt/soat 900 so‘m bo‘lgan tarifda belgilangan limitdan 10 foizga oshib ketsa, 960 so‘mdan to‘lardi. Endi ortiqcha hajmga 2 baravargacha bo‘lgan tarif (1800 so‘m) qo‘llanadi. HET yangi qoidalarni tushuntirdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijdagi Olimpiya o‘yinlari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Unga 22 nafar futbolchi, jumladan, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va boshqalar kirdi. gazeta.uz »
Tarmoqlarda iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalari iste’molni ijtimoiy norma doirasida noto‘g‘ri hisoblayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. HET nima uchun bunday bo‘layotganini tushuntirdi. gazeta.uz »
Hukumat avtomobillar uchun ekostikerlar joriy qilish vaqtini o‘zgartirdi. Ularni chiqarish 1-iyundan boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq 2025-yilning 1-martiga qoldirildi. gazeta.uz »
Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »
5-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors belgilangan muddatda to‘lov qilinmagani tufayli avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari kontraktatsiyasini qayta ochadi. gazeta.uz »
Umra tadbirlarini tashkil etish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Litsenziyani olish uchun BHMning 10 baravari miqdorida boj to‘lash kerak. Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyani qalbakilashtirish BHMning 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligi hamda normal dam olishini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu uchun jarima fuqarolar uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdorlarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha etib belgilanmoqda. gazeta.uz »
Urganchda faoliyat olib boruvchi MCHJ yer maydonini sug‘orish uchun suv nasoslarini elektr hisoblagichga yashirincha ulab, 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda shu kabi holatlarni fosh qildi. gazeta.uz »
O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun 14 kunga vizasiz rejim joriy qildi. Ushbu muddatdan ko‘proqqa qolishni istaganlar aeroportga kirishda viza olishlari mumkin. gazeta.uz »
O‘zbekistonda birlamchi uy-joy uchun xalqaro amaliyotga muvofiq ipoteka mavjud emas. Kredit faqat obyekt foydalanishga topshirilgandan keyingina ajratiladi. Realting.uz ko‘chmas mulk platformasining sharhida ikkilamchi uy-joy uchun banklar qanday shartlarda ipoteka kreditlarini taklif qilishi haqida so‘z boradi. gazeta.uz »
Antuan de Sent-Ekzyuperi tavalludiga 29-iyun kuni 124 yil to‘ldi. Aslida uchuvchi bo‘lgan Ekzyuperini dunyo yozuvchi, aniqrog‘i, “Kichkina shahzoda"ning muallifi sifatida biladi. Bu asar dunyoning 300 dan ortiq tiliga, xususan, o‘zbekchaga ham o‘girilgan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda yoz oylarida 100 ming yoshni ish bilan ta’minlash uchun qurilish otryadlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej va texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. gazeta.uz »
“Gazeta.uz” iyun oyi boshida notkoinni 800 ming so‘mga sotgani uchun 10 sutkaga qamalgan talaba Ismoiljon Normamatov bilan suhbatlashdi. U mazkur holat, bu uning o‘qishi va hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi, shuningdek, bunday jazoning qanchalik asosliligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston uglerod emissiyalarini 500 ming tonnaga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun Jahon banki mamlakatga 7,5 mln dollar grant ajratdi. Mablag‘ning bir qismi elektr energiyasi va gaz tariflari oshishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining oilaviy majburiyatlarga ega ishchilar - erkaklar va ayollar - uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi. gazeta.uz »
UzAuto Motors 21-iyun kuni soat 10:00 da 25 ming dona Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kunida amalga oshirilishi lozimligini eslatib o‘tdi. gazeta.uz »
G7 mamlakatlari yetakchilari Rossiya urushni to‘xtatishi va Ukrainaga yetkazilgan 486 mlrd dollarlik zararni qoplashi kerakligi haqida bayonot berdi. Shuningdek, ular yadroviy, kimyoviy, biologik yoki radiologik qurollardan istalgan ko‘rinishda foydalanish jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. gazeta.uz »
Yevropa komissiyasi iyul oyidan boshlab Xitoy elektromobillari uchun import bojlarini joriy 10 foizdan taxminan 30 foizga oshirish niyatida. Xitoy TIV buni “proteksionizmning odatiy holati” deb atadi. gazeta.uz »
Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi. gazeta.uz »
Prezident elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, mazut va ko‘mir 2 yilga bojdan ozod qilinadi, ko‘mir importi uchun 3 yilga revolver kreditlar beriladi. gazeta.uz »
Telegram orqali notkoin yig‘ib, uni 800 ming so‘mga sotgan 24 yoshli talaba yigit 10 sutkaga qamaldi. Kriptoaktivlar aylanmasidagi qonunchilikni buzishda ayblangan surxondaryolik yigit bu ishi noqonuniy ekanini bilmaganini ta’kidladi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 4 ayolga yaxshi daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, ularni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi. gazeta.uz »
Financial Times Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi rahbariyati uchun tayyorlangan hisobotga tayanib, korxonaga gaz savdosini urushgacha bo‘lgan hajmga qaytarish uchun kamida 10 yil vaqt kerak bo‘lishini yozdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston mamlakat qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirishda davom etmoqda. Prezident qarori bilan eksportga beriladigan qator subsidiya va preferensiyalar, samarasi past soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi, yig‘imlar qayta ko‘rib chiqiladi va boshqa choralar ko‘riladi. gazeta.uz »
Qator hududlar aholisi gaz bilan ta’minlanmagan va qishda elektrdan isitish uchun foydalanishga majbur bo‘lmoqda, dedi deputat Doniyor G‘aniyev. U hukumatdan qishki davr uchun ijtimoiy normani (hozir oyiga 200 kVt/soat) oshirishni so‘radi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va yana 5 ta davlat vakillari CASCA+ transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakillari faoliyatni muvofiqlashtirish va tez buziluvchi yuklarni muzlatkichli konteynerlarda tashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi. gazeta.uz »
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning fikricha, bolalarni taqiqlangan joyda cho‘milmaslik haqida ogohlantirishning o‘zi yetarli emas. “Ularning ehtiyoji uchun muqobil xavfsiz cho‘milish havzalari kerak”, - dedi u. gazeta.uz »
Birinchi chorakda gaz sotib olish va sotish o‘rtasidagi farqni qoplash uchun davlat budjetidan 8,1 trln so‘m subsidiya ajratildi. Bu butun 2024-yil uchun rejalashtirilgan subsidiyalar umumiy hajmining 85 foizini tashkil etadi. gazeta.uz »
112 yagona dispetcherlik xizmati 1-iyundan boshlab Toshkent shahri va viloyatida, keyinchalik bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishga tushiriladi. Bu raqam favqulodda vaziyatlar vaqtida shoshilinch yordam olishga mo‘ljallangan bo‘lib, AQShdagi 911 xizmatining analogi hisoblanadi. gazeta.uz »
Prezidentga iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Energiya auditini o‘tkazishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yiladi, rahbarlarga energiya samaradorligi bo‘yicha KPI`lar o‘rnatiladi, tashkilotlar, hududlar va binolar uchun energiya iste’moli reytingi joriy etiladi. gazeta.uz »
2024−2025 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyunda boshlanib, 25-iyunga qadar davom etadi. Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. gazeta.uz »
2022-yilning may oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz davlat ulushi Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgani xabar qilingan edi. Ammo hozirda 58,5 foiz ulush davlat hisobida saqlanib qolmoqda. gazeta.uz »
Tailand 1-iyundan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar sonini 57 dan 93 taga oshirmoqda, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning qolish muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda. gazeta.uz »
Xorazm viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari narxi oshirildi. Endilikda Urganch shahri va Urganch tumani aholisi xizmat uchun bir oyda 5880 so‘m, Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlari aholisi esa 4592 so‘m to‘laydi. gazeta.uz »
Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoyalashga qaratilgan “Inson” loyihasi uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha, jumladan, 50 mingdan ortiq aholiga sifatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. gazeta.uz »
Markaziy bank tomonidan banklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi O‘zbekiston moliya tizimi uchun asosiy tizimli xavf hisoblanadi. Bundan tashqari, inflyatsiyaning tezlashishi, geosiyosiy vaziyatning keskinlashishi va boshqalar ham keltirilgan. gazeta.uz »
Sud Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaroni prezidentni haqorat qilgani uchun 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Erkak soliq idoralari uni ko‘p marta jarimaga tortgani uchun Instagram`da g‘azablangan holda haqoratomuz izoh va postlar joylaganini bildirdi. gazeta.uz »
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi banklarga ikkilamchi uy-joy sotib olish bo‘yicha kreditlar berish uchun imtiyozli resurslar ajratish to‘xtatilmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »