“Qirollar yo‘q”. AQShda Trampga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
AQSh va Yevropaning yirik shaharlarida Tramp siyosatiga qarshi “Qirollar yo‘q” shiori ostida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tramp bunga javoban sun’iy intellekt yasagan videoni e’lon qildi, unda Tramp samolyotda namoyishchilar ustidan loy sepganini ko‘rish mumkin. U mitinglarni “jiddiy emas” deb atadi. gazeta.uz »
