Ðåçóëüòàòîâ: 1335

Turar joy massivlaridagi yashil hududlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan betonlashtirish va tuproq bilan qoplangan turar joy massivlari hududida qurilmalar o‘rnatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ko‘p qavatli uylarni qurishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlar bilan sug‘orish tizimlarini o‘rnatish majburiy bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-2-8 16:47

Jizzaxda tadbirkor rudadan rangli metall ajratish uchun 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida fuqaro rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, 1,35 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Avvalroq birgina 2024-yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroji haqida xabar berilgandi. gazeta.uz »

2025-2-7 22:17

AQSh Davlat departamenti Amerika kemalari uchun Panama kanali orqali o‘tish to‘lovi bekor bo‘lganini bildirgandi. Panama buni rad etdi

AQSh Davlat departamenti endilikda Amerika kemalari Panama kanali orqali bepul o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Panama hukumati buni rad etdi. Tramp avvalroq kanaldan o‘tish tariflari yuqoriligini aytgan va kanalni AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qilgandi. gazeta.uz »

2025-2-6 17:23

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati 1-martdan yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 1-martdan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi, xizmatda foydalanuvchi ota-onalarga soliq imtiyozlari beriladi. gazeta.uz »

2025-2-5 08:35

O‘zbekistonda ayrim chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foiz qaytariladi

1-apreldan boshlab go‘sht, sut va tuxum sotishdagi tushumi daromadining 90 foizini tashkil etuvchi chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foizi qaytariladi. “Mikrokreditbank”ka 1 mln ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan “Parranda boqish - daromad topish” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratiladi. gazeta.uz »

2025-2-3 12:07

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun tajovuzkorlar qanday jazolanyapti va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashda nimalarni o‘zgartirish kerak?

Nemolchi. uz loyihasi faoli Nigina Xudaybergenova Jinoyat kodeksiga 2023-yili kiritilgan maishiy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi modda qanday qo‘llanilayotganiga aniqlik kiritish maqsadida sudlarning 400 dan ortiq qarorlarini o‘rganib chiqdi. gazeta.uz »

2025-1-31 19:07

Nima uchun norentabel sovet sanatoriyalaridan voz kechmaslik kerak va ularning daromadliligini qanday oshirish mumkin?

Sanatoriyalarda dam olish - sobiq sovet mamlakatlarida xordiq chiqarishning eng keng tarqalgan shakli cifatida hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekiston sanatoriyalarining o‘ziga xosligi nimada va ularga qanday qilib yangi hayot baxsh etish mumkin - ATLAS hududiy rivojlantirish byurosining maqolasi shu haqda. gazeta.uz »

2025-1-27 07:21

Sotuvchilar tovarni yetkazib berish muddatidan kechiktirgani uchun penya to‘lashi mumkin

Tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun sotuvchilarga penya joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. “Milliy tiklanish” fraksiyasi a’zosi bu me’yor elektr, gaz va suv ta’minotidagi uzilishlarga ham tatbiq etiladimi, deya so‘radi. gazeta.uz »

2025-1-21 16:08

Nafaqat men uchun, balki O‘zbekiston uchun — Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisi sifatida o‘zining ilk intervyusini berdi. “Bu nafaqat men uchun, balki O‘zbekiston uchun. Angliyada birinchi o‘zbek, bu hali boshlanishi, o‘zbeklar ko‘p kelishadi”, - deya ta’kidladi himoyachi klub rasmiy sahifasi uchun tanishtiruv suhbatida. gazeta.uz »

2025-1-21 22:31

Hamma uchun kutilmagan voqea bo‘ldi — Temur Kapadze Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi haqida

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Temur Kapadze Qozog‘iston nashriga qisqa intervyu berib, Abduqodir Husanov transferi, Qozog‘iston va O‘zbekiston futboli haqida gapirdi. “Shunday nomdor klub va murabbiy Husanovni taklif qilgani uchun futbolchimizdan juda xursandmiz va faxrlanamiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-1-15 12:49

Human House galereyasi egasi O‘zbekiston kreativ iqtisodiyoti uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda

Human House galereyasi egasi Lola Sayfining aytishicha, uning O‘zbekistonni xorijliklarga namoyon etuvchi biznesi QQS to‘lashga o‘tish majburiyati tufayli yopilishi mumkin. U Saida Mirziyoyevadan kreativ iqtisodiyot loyihalari uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishga ko‘maklashishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-1-9 18:39

Ko‘p qavatli uylar yaqinidagi yerlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu davlat dasturi loyihasida qayd etilgan. gazeta.uz »

2025-1-9 10:23

Mulohaza: Nima uchun ma’muriy qamoq ko‘p hollarda huquqbuzarlik muammosini hal qilmaydi va uni suiiste’mol qilishdan qanday tiyilish mumkin?

O‘zbekistonda ma’muriy qamoq huquqbuzarlikka qarshi kurashning bahsli chorasi bo‘lib qolmoqda. Uning keng qo‘llanishi tizimning insonparvarligiga shubha uyg‘otadi. Ma’muriy qamoq qachon o‘rinli, uni qo‘llash bo‘yicha yondashuvni qanday o‘zgartirish kerak? Huquqshunoslar Husain Radjapov va Farhod Fozilov mulohazasi. gazeta.uz »

2025-1-8 19:28