Ðåçóëüòàòîâ: 1334

Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Bino qurilishi va rekonstruksiyasida daraxtlarga kimyoviy moddalar orqali shikast yetkazish, payhon qilish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Tok va portlovchilardan foydalanib ovchilik va baliqchilik, shuningdek, ekologiya inspektorlari ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarimalar kuchaytirildi. gazeta.uz »

2024-11-27 17:17

O‘zbekistonda daraxtlarni qasddan quritish va noqonuniy ov uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi

Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi. Elektr toki hamda portlovchi va kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. gazeta.uz »

2024-11-22 13:15

Xorijdagi faol o‘zbekistonliklarni rag‘batlantirish uchun “Vatandosh” guvohnomasi joriy qilindi

Xorijda yashab O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy hayotida faol bo‘lgan vatandoshlarni rag‘batlantirish uchun “Vatandosh” guvohnomasi joriy etildi. Guvohnoma olgan nomzod va uning oila a’zolariga mamlakat vizasi, ayrim davlat xizmatlari va turar joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish masalalarida imtiyozlar beriladi. gazeta.uz »

2024-11-22 12:10

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston va Tojikiston chegarasini ID karta orqali kesib o‘tish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi. gazeta.uz »

2024-11-20 10:28

Bobur haykalini ko‘chirish uchun ilmiy-ekspert kengashi xulosasini olish zarur — Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi tegishli tashkilotlar hududiy boshqarmasiga Andijondagi Bobur haykalini shaharning boshqa qismiga ko‘chirish yuzasidan murojaat qilganini bildirdi. Agentlikning ta’kidlashicha, ularga bu kabi masalalar bo‘yicha ilmiy-ekspert kengashi xulosasini olish zarurligi tushuntirilgan. gazeta.uz »

2024-11-19 17:20

“Transkaspiy transport yo‘lagi Markaziy Osiyoning iqtisodiy integratsiyasi uchun imkoniyat yaratadi” — IHTT vakili

Yevropa iqtisodiyoti kunlari davomida Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yuk tashuvini rivojlantirishda O‘zbekistonning roli muhokama qilindi. Mutaxassislar Transkaspiy transport yo‘lagi rivojlanishi uchun zarur omillar, jumladan, infratuzilmani kengaytirish va logistika, bojxona jarayonini raqamlashtirishni ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-11-9 14:09

Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda — energetika vaziri o‘rinbosari

Markaziy Osiyoda elektr energiyasini sotib olish va sotish bo‘yicha yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda, dedi energovazir o‘rinbosari. Shuningdek, u O‘zbekistonda energetika infratuzilmasi, avtomatlashtirish va energiyani saqlash bo‘yicha zaxira quvvatlarini yaratish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi. gazeta.uz »

2024-11-7 21:38

O‘zbekistonda “kelishilgan o‘yinlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Sport musobaqasi qatnashchi va tashkilotchilarining pora olishi, ularni moddiyat evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu katta miqdordagi jarima, 3 yilgacha ayrim huquqlardan mahrum qilish, 3 yilgacha (og‘irlashtiruvchi holatlarda - 8 yil) ozodlikdan cheklash yo mahrum qilish bilan jazolanadi. gazeta.uz »

2024-11-5 19:53