Ðåçóëüòàòîâ: 5

Huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantiradigan” tarzda buzib tarqatishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi

O‘zbekistonda huquq-tartibot xodimlarining xizmat vazifasi paytida olingan foto-videolarini ularni “obro‘sizlantiradigan” tarzda buzib tarqatishga javobgarlik belgilandi. Bunday huquqbuzarlik BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-2-21 15:06

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi

Senat bir yildan ko‘proq muddatdan so‘ng huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Tegishli modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar 10 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-1-24 10:43

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni qayta ishlash uchun qaytardi

O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qullamadi. Qonun loyihasini takomillashtirish va yakunlash uchun Senat va Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasi tuziladi. gazeta.uz »

2024-8-16 09:26

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqadi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirish ham ko‘rib chiqiladi. Yuqori palata mazkur hujjatni haligacha ko‘rib chiqmagandi. gazeta.uz »

2024-8-14 15:00