Ðåçóëüòàòîâ: 137

Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi

Nishon tumanidagi 14-maktabda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid ushbu holatni o‘rganayotganini, Soliq qo‘mitasi xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi. gazeta.uz »

2024-9-4 15:23

Qozog‘iston Tojikistondan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak. gazeta.uz »

2024-8-29 17:53

Rossiyaga sanksiya ostidagi Amerika chiplari O‘zbekiston orqali olib kelinyapti — The Insider

Rossiya sanksiyalar tufayli importi taqiqlangan Amerika mikrosxemalarini Ukrainaga muntazam zarba berishda qo‘llash uchun sotib olishda davom etmoqda. Bunda yakuniy oluvchi sifatida boshqa davlatdagi kompaniyani ko‘rsatish kifoya qilmoqda, xususan, O‘zbekiston yangi tranzit nuqtasiga aylandi, deb yozdi The Insider. gazeta.uz »

2024-8-23 20:19

O‘zbekistonga Hindiston tovarlarini Eronning Bandar-Abbos porti orqali tashish yo‘lga qo‘yildi

Hindiston portlaridagi konteynerlarni O‘zbekistonga tashishda yangi multimodal yo‘nalish ochildi. Sinov tashuvlari muvaffaqiyatli bo‘ldi: tovarlar Hindistondan avval Eronning Bandar-Abbos portiga, u yerdan esa Turkmaniston orqali Sergeli stansiyasiga yetkazildi. Buning uchun 20 kun kerak bo‘ldi. gazeta.uz »

2024-8-20 18:23

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-8-9 19:17

Prezident shayx Nuriddin Xoliqnazar orqali Makkadagi o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi

Shavkat Mirziyoyev Makka shahrida bo‘lib turgan Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonda muloqot qildi. U muftiydan fuqarolarning sharoiti, salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi, O‘zbekistonga qaytgach, “hojilar yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga” umid bildirdi. gazeta.uz »

2024-6-5 15:36

Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish orqali dorilar narxini 20 foizga arzonlashtirish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan farmatsevtika tarmog‘iga oid rejalardan eksportni oshirish, shu bilan birga, ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga talabini qondirish o‘rin olgan. Sohani raqamlashtirish orqali narxlarni 20 foizga arzonlashtirish, ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2024-5-23 19:05

Telegram`da havola yuborish orqali bank kartalaridan pul o‘g‘irlab kelgan yigit ushlandi

Toshkentda fuqaroning bank kartasidan 11,7 mln so‘m pul o‘g‘irlandi. Aniqlanishicha, bu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit sodir etgan. U boshqalarga Telegram orqali turli havolalar jo‘natib, ularning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va pul yechish bilan shug‘ullanib kelgan. gazeta.uz »

2024-5-13 08:00

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi davlatlar orqali YeIning sanksiyalangan tovarlarini olishda davom etmoqda — Bloomberg

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga 450 mln yevrolik yuqori ustuvorlikka ega tovarlar yetib borgan. Tovarlarning chorak qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri YeIdan, qolgani esa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA kabi davlatlar orqali Rossiyaga yetib borgan, deb yozmoqda Bloomberg. gazeta.uz »

2024-2-27 10:09

123