Ðåçóëüòàòîâ: 117

To‘lov yo‘q, sertifikat kerak emas — Senat majlisida gibrid avtolar uchun ekologik sertifikat masalasi muhokama qilindi

Senator Anvar To‘ychiyev gibrid avtomobillar uchun ekologik sertifikat bo‘yicha Ekologiya vaziriga jo‘natilgan senator so‘roviga to‘liq javob olinmaganini aytdi. Senat raisi qonunchilikdagi noaniqliklar inson foydasiga hal qilinishi kerakligini ta’kidladi. Hozirda bunday sertifikat talab qilish to‘xtatilgan. gazeta.uz »

2025-5-28 12:23

“Qurganlarning o‘zini ham kanalga tushirish kerak, chiqa olarmikan?” Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchani qutqarib halok bo‘lgan erkakning yaqinlari bilan intervyu

Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan qizchani qutqarishga shoshilib, cho‘kib ketgan erkakning yaqinlari “Gazeta. uz”ga intervyu berdi. Ularga ko‘ra, fojiadan so‘ng hukumat oiladan hol-ahvol so‘ramagan, kanal atrofi esa xavfli bo‘lib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-5-22 08:31

“Barcha ariq va kanallarni betonlashga 5 mlrd dollar kerak” — O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri

Suv xo‘jaligi vaziriga ko‘ra, ayni paytda magistral va ichki kanallarni betonlashtirish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Bu ishlarga 2025-yil uchun davlat budjetidan 800 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. “Xalqaro ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, barcha ariq va kanallarni betonlashga 5 mlrd dollar mablag‘ kerak”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-3-21 12:58

“Tramp abadiy emas, tinchlik esa bizga ko‘p yillar kerak”. Zelenskiy — urush tugashi, AQSh bilan kelishuv va Ukrainadagi saylovlar haqida

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning uch yilligi arafasida katta matbuot anjumani o‘tkazib, o‘z iste’fosi va yangi saylovlar ehtimoli, AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuv va Donald Trampning bayonotlari, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari haqidagi savollarga javob berdi. gazeta.uz »

2025-2-24 15:46

Nima uchun norentabel sovet sanatoriyalaridan voz kechmaslik kerak va ularning daromadliligini qanday oshirish mumkin?

Sanatoriyalarda dam olish - sobiq sovet mamlakatlarida xordiq chiqarishning eng keng tarqalgan shakli cifatida hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekiston sanatoriyalarining o‘ziga xosligi nimada va ularga qanday qilib yangi hayot baxsh etish mumkin - ATLAS hududiy rivojlantirish byurosining maqolasi shu haqda. gazeta.uz »

2025-1-27 07:21

“Qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz”. Germaniya kanslerining Ukrainaga tashrifida nimalar muhokama qilindi?

Germaniya kansleri Olaf Shols 2,5 yil ichida Ukrainaga qilgan ilk tashrifi chog‘ida mamlakatga 650 mln yevrolik qo‘shimcha harbiy yordam yetkazib berilishini e’lon qildi. Shuningdek, Kiyevdan Putinga murojaat qilib, Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi susaymasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-3 11:47

“Nogironligi bor shaxslarga imtiyoz emas, imkoniyat kerak”. Adabiyot va AKTni birlashtirgan Mirali G‘iyosov hikoyasi

U o‘zbek tilidagi nutq sintezatori, “Kitob Plyus” loyihasi mualliflaridan. Hozir o‘zi o‘qigan ko‘zi ojiz bolalar maktabida dars beradi, jurnallarda ishlaydi. Jamiyat va inson orasida to‘siqlar bo‘lsagina kishi o‘zini nogiron his qiladi, deb hisoblovchi Mirali G‘iyosov - “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni. gazeta.uz »

2024-11-16 10:26

“Endi kimga murojaat qilishimiz kerak, prezidentgami?” — “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari tovon puli borasidagi mavhumlikdan norozi

“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari foydasiga jami 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish haqida sud qarori chiqqandi. Hozirgacha 2,5 mlrd so‘m to‘langan, ammo qolgan summa taqdiri mavhum. Jabrlanuvchilarning ota-onalari bundan norozi; ular to‘liq summa tezroq undirilishini so‘ramoqda. gazeta.uz »

2024-10-10 12:44

“Hamma fermer imzo qo‘yib berishi kerak”. Paxta yetishtiruvchilar narxni tushirishga majburlanmoqda

Kun.uz Surxondaryo qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining tuman hokimi bilan suhbatda barcha fermerlarni yig‘ib, paxta narxini 6800 so‘mgacha pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar imzolash zarurligini bildirgan audioyozuvini e’lon qildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hokimlik holatga izoh berdi. gazeta.uz »

2024-9-24 21:36