Ðåçóëüòàòîâ: 117

“Bolalar himoyasi geosiyosiy ixtiloflardan ustun bo‘lishi kerak”. YIning O‘zbekistondagi elchisi kolonkasi

YIning O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar o‘z kolonkasida Ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha xalqaro koalitsiya faoliyati haqida so‘z yuritdi. U nizolardan so‘ng bolalarni reintegratsiya qilish tajribasiga ega bo‘lgan davlatlarni ushbu koalitsiyaga qo‘shilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2026-5-13 07:26

SI aviatsiyaga nega kerak va u soha iqtisodiyoti hamda raqobat qoidalarini qanday o‘zgartirmoqda? Boston Consulting Group bilan intervyu

Sun’iy intellekt allaqachon aviakompaniyalarga daromadni oshirishga yordam bermoqda. Ular SI imkoniyatlarini qanday qo‘llayapti, uni joriy etishda qaysi omil va xavflarni hisobga olish kerak, qaysi xalqaro tajriba O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi mumkin? Shular haqida Gazeta BCG ekspertlari bilan suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-5-7 13:46

O‘zbekiston mintaqaviy loyihalar koordinatori yoki katalizatori bo‘lishi kerak — Jamshid Xodjayev

“Markaziy Osiyoning qoq markazida” joylashgan O‘zbekiston mintaqaviy loyihalar muvofiqlashtiruvchisi yoki katalizatori bo‘lishi kerak, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Bunday yondashuv xatarlarni taqsimlash va yirik energetika loyihalarini moliyalashtirish uchun jozibador qilish imkonini beradi. gazeta.uz »

2026-5-7 13:13

“Tartib bo‘lishi kerak”. Oliy ta’lim vaziri talabalarning kiyim-bosh masalasi haqida

O‘zbekistondagi har bir OTM talabalar uchun kiyim-bosh bo‘yicha o‘z ichki tartib-qoidasini ishlab chiqqan, muassasa rahbariyati buni talab qilishga haqli, dedi Kongratbay Sharipov. Unga ko‘ra, OTMlar orasida o‘z kiyim brendini yaratish ommalashmoqda. “Kiyinish masalasida tartib bo‘lishi kerak”, - dedi vazir. gazeta.uz »

2026-4-15 14:05

“Mas’ul vazirliklar yoqasidan olishi kerak”. JST bo‘yicha prezident vakili Azizbek Urunov adolatsiz raqobatchilar haqida

JST bo‘yicha vakil Azizbek Urunov tovarlar narxini sun’iy pasaytirib, adolatsiz raqobat qilayotgan tadbirkorlarga nisbatan mas’ul vazirliklar chora ko‘rishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lgach, xufiyona iqtisodiyot kamayishini, mamlakatlar bozorni ochishdan manfaatdor ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-3-26 13:23

“Tabiat gapirmaydi, lekin biz uni tushunishimiz kerak” — ekofaol Feruzbek Sayfullayev

Besh yil avval ekofaol Feruzbek Sayfullayev ishlatilgan batareyalar chiqindi poligonlariga tushmasligi uchun ularni yig‘a boshlagandi. So‘ngra uning tashabbusi mamlakat bo‘ylab 170 ta yig‘ish shoxobchasidan iborat tarmoqqa aylandi, xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilish masalasiga esa biznes va davlat ham qo‘shildi. gazeta.uz »

2026-2-1 09:16

“Yagona norozilik notasi berish kerak”. Jamoatchilik — rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoda ham “harbiy operatsiya” o‘tkazish taklifi haqida

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bo‘lgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham “maxsus harbiy operatsiya” boshlashi kerakligi haqida gapirdi. Jamoatchilik rasmiylardan qat’iy munosabat bildirishni so‘rab, MO davlatlari birgalikda nota berishi kerakligini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-1-12 12:25

“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘zlar va qo‘llar kerak”. Saida Mirziyoyeva — o‘z tayinlovi haqida

Saida Mirziyoyeva o‘zining administratsiya rahbari etib tayinlanishini prezidentga joylardan real ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlash zarurati bilan bog‘ladi. Prezidentning asosiy maqsadi har bir o‘zbekistonlik hayotini yaxshilashdan iborat, dedi u. “Bizning administratsiyamiz faqat shu maqsadni ko‘zlaydi”. gazeta.uz »

2026-1-2 08:00

“Sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorman”. Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi

Prezident qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashuvda ishlar natijadorligi va ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. Prezident bu sektorda 3,5 mln dan ziyod aholi mehnat qilayotgani, sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorligi, ammo bunda ochiq va shaffof tizim bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Batafsil. gazeta.uz »

2025-12-10 15:54

Kelajak maktablarida nimalar o‘qitilishi kerak? Xorijiy ekspertlar va ta’lim vazirlari fikrlari

Sun’iy intellekt va iqlim inqirozlari davrida yosh avlod yashashi va rivojlanishi uchun ta’lim qanday bo‘lishi kerak? Samarqandda o‘tgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida xorijiy davlatlar ta’lim vazirlari va ekspertlari ushbu savolga javob izladi. Gazeta muhokamaning asosiy tezislarini e’lon qiladi. gazeta.uz »

2025-11-17 11:06

“Hayotning hamma ne’matlaridan bahramand bo‘lish kerak” — Shimoliy qutbga borgan toshkentlik o‘quvchi qiz

Toshkentlik 16 yoshli Alina Chembayeva atom muzyorarida to‘qqiz kun vaqt o‘tkazib, Shimoliy qutbda bo‘ldi. O‘quvchi qiz Gazeta bilan suhbatda xalqaro ekspeditsiyadagi ishtirokidan keyingi taassurotlar bilan o‘rtoqlashdi va bu tajriba uning kelgusidagi rejalariga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2025-10-9 11:15

“Sotsiolog va seksologni ham jalb qilish kerak”. Svetlana Artikova — zo‘ravonlikka qarshi kurash haqida

2025-yilning 8 oyida oiladagi zo‘ravonlik 3 foizga, voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish esa 36 foizga ortgan. Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikovaga ko‘ra, zo‘ravonlik sodir etilganida, mahalla yettiligi sotsiolog, seksolog kabi mutaxassislarni ham jalb qilishi kerak. gazeta.uz »

2025-9-14 20:57

“Menga ochko olish uchun ishlaganlaringiz kerak emas”: Samarqand viloyati rahbari qo‘l ostidagilarni dam olish kunlari ishlamaslikka chaqirdi

Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev tumanlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga dam olish kunlari ishlamaslik va xodimlarni ishga chaqirmaslikni tayinladi. “Bozor kuni hammani ishga chaqirib, ishlaganga o‘xshatib ochko olishingiz menga kerak emas. Dam olish kuni hamma uyida damini olsin”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-3 17:47

“Yana qanday sharoit kerak bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyorman”. Prezident — biznesni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida

Bog‘cha qamrovi past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga 30 yil muddatga ijara to‘lovisiz yer, 18 foizli kredit va xarajatlar uchun subsidiya kabi yengilliklar beriladi. Prezident, shuningdek, O‘zbekistonni mintaqaning tibbiyot markaziga aylantirish rejalarini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-8-27 12:37

Jarima to‘lash qonunga amal qilishdan foydaliroq bo‘lmasligi kerak — vazirlik norasmiy bandlikka jarima haqida

O‘zbekistonda norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilar BHMning 30 baravari miqdorida jarimaga tortilishi rejalashtirilmoqda. Bandlik vazirligi bu yo‘nalishda bir qator yengilliklar berilayotgani fonida qonun buzish jarima to‘lashdan foydaliroq bo‘lib qolmasligini kerak deb hisoblamoqda. gazeta.uz »

2025-8-12 13:57

“Bizga imtiyozlar kerak emas. Balki kursni erkin qo‘yish kerakdir?” Eksportchi Markaziy bankka so‘m kursini ushlab turmaslikni taklif qildi

Tadbirkor O‘zbekiston Markaziy bankiga “dollarning ushlab turilgan kursini erkin qo‘yish”ni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dollar kursi pasayishi va so‘mdagi xarajatlar o‘sishi xorijiy yetkazib beruvchilar bilan raqobat qilishga to‘sqinlik qilmoqda. MB esa kurs bozor ta’sirida shakllanishini bildirdi. gazeta.uz »

2025-8-6 09:12

“Aksincha, daraxtlar va bog‘larning muhofazasini kuchaytirish kerak”. Faollar Murod Nazarovning “daraxtlar banki” taklifiga munosabat bildirdi

Tadbirkor Murod Nazarovning “daraxtlar banki” taklifi bahslar keltirib chiqardi. Faollarning biri taklif noo‘rin ekani, kichik daraxtlar katta daraxtning funksiyasini yetarli darajada bajara olmasligini qayd etsa, boshqalar qurilishlarni ko‘paytirish kerak, lekin yashillik hisobiga emas, degan fikrda. gazeta.uz »

2025-7-18 09:56

“Qatar bilan o‘yin kerak emas… Tarixni bugun yaratinglar”. BAAga qarshi o‘yindan avval O‘zbekiston MTJ kiyinish xonasida nimalar deyilgan?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi BAAga qarshi o‘yini oldidan kiyinish xonasida futbolchilarga nimalar deyilgani e’lon qilindi. Masharipov Qatar bilan o‘yin kerak emasligini aytgan bo‘lsa, Kapadze tarixni bugun yaratish kerakligini ta’kidlagan. gazeta.uz »

2025-7-3 08:58