“Navoiyuran” 2025-yilda tushumni 1,1 mlrd dollargacha oshirganini ma’lum qildi
“Navoiyuran” davlat korxonasi 2025-yil yakunlariga ko‘ra tushumni 20,2 foizga - 1,112 mlrd dollargacha oshirdi, uran ishlab chiqarish hajmi esa 35 foizga o‘sib, 7000 tonnaga yetdi. Kompaniya yangi konlarga investitsiyalar fonida sof foyda va zaxiralar o‘sganini ham qayd etdi. gazeta.uz »